Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qo‘qon-1912»: Jamoa futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ topshirdi

«Qo‘qon-1912»: Jamoa futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ topshirdi

Baho:
+ | -

Bundan keyin superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Bugun ilmiy guruh vakillari Qo‘qonda bo‘lib, jamoamiz futbolchilarini nazoratdan o‘tkazishdi.

Jamoamiz futbolchilari quyidagi test-sinovlarini topshirishdi:

1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. "Yo-Yo" test

Ushbu testlarda jamoamizning 21 nafar futbolchisi ishtirok etdi.

Muxlislarimizga shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki,o‘tgan mavsumni jamoamizda boshlab so‘ngra ma’lum muddat Koreya chempionatida to‘p surgan iqtidorli futbolchi Bahodir Pardayev ham jamoamiz mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Bugun Pardayev ham test sinovlarini topshirdi.

Mutaxasislar yaqin vaqtlar ichida test natijalarini jamoamiz murabbiylar shtabiga taqdim qilishadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:31, 21.12.2017.
O'qildi: 1670 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик