Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 0-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi "Nasaf" bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi

Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi "Nasaf" bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 19 dekabrdan boshlab Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ravshan Haydarov shogirdlari bugun Qarshi shahrida milliy chempionatimiz kumush medali sovrindori "Nasaf" klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Dastlabki o‘yin bugun soat 17:00da boshlanadi. Stadionga kirish bepul. "Nasaf" klubiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvi ertaga Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nazorat o‘yinlari orqali Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov yangi taktik uslullarni sinovdan o‘tkazib, tarkibdagi barcha futbolchilarning jismoniy holatini yana bir bor ko‘zdan kechirib oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:54, 22.12.2017.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.