Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ravshan Haydarov: “Sparring raqib sifatida bejizga “Nasaf” jamoasini tanlamadik”

Ravshan Haydarov: “Sparring raqib sifatida bejizga “Nasaf” jamoasini tanlamadik”

Baho:
+ | -

O‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetgach, U-23 terma jamoamiz ustozi Ravshan Haydarovning bugungi o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

-Avvalom bor, bugungi o‘yinni tashkil qilib bergan “Nasaf” klubi rahbariyatiga, alohida Ro‘ziqul Sa’dullayevichga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta bor yo‘g‘i bir hafta mobaynida faqat jismoniy tiklanish ustida ishlayotgan jamoaning o‘yini yetarli darajada bo‘lmaydi. Biz esa bir oy mobaynida uzluksiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turibmiz. Bu hammaga tushunarli. Bu uchrashuv ko‘proq biz uchun muhim edi. Biz bejizga sparring raqib sifatida “Nasaf”ni tanlamadik. Bunga bugun ham qaytadan amin bo‘ldik. Jamoada yuqori mahoratga ega futbolchilar jamlangan. Bu jamoa har bir o‘yinda yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etadi va raqibini ham yuqori darajada o‘ynashga majbur qila oladi. O‘zingizga ma’lum, yaqinda Tailandda bo‘lgan xalqaro musobaqada qatnashib qaytdik. Bunday saviyadagi musobaqa ishtirokidan so‘ng, to‘xtab qolishimiz mumkin emas edi. Shuning uchun biz, nazorat sinov uchrashuvini o‘tkazish uchun “Nasaf”ga iltimos qildik. Bugungi o‘yin mazmunli va muxlislarbop o‘yin bo‘ldi deb, ayta olaman.

Albatta bunday uchrashuvlarda hisob hech qanday ahamiyatga ega emas. Muhimi, katta musobaqa oldidan biz uchun foydasi katta bo‘ladi.

Yakuniy tarkib bo‘yicha yakuniy qaror? Albatta bunday nazorat uchrashuvlari bir tomondan ko‘p narsaga oydinlik kiritsa, ikkinchi tomondan savollar ham paydo qiladi. Hali tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Biz hozir jamoaga 23 nafar futbolchini jalb qilgan bo‘lsak, 5-6 nafar zaxira nomzodlarimiz bor. Masalan, bugungi o‘yinda darvozabon Umidjon Ergashev o‘z o‘yini bilan terma jamoamizga davogar ekanligini ko‘rsatdi. Buni ko‘rib to‘g‘risi juda xursand bo‘ldim. Chunki, bizga qanchalik tanlov katta bo‘lsa, shunchalik imkoniyatimiz ham oshadi. To‘g‘ri, hozirgi darvozabonlarimizga hech qanday e’tirozim yo‘q, ammo ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Shu jihatdan biz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz kerak bo‘ladi.

Imkoniyatimiz qanday? Biz bu tarkib bilan ko‘pdan buyon birgamiz, bu jamoa oldiga katta maqsad qo‘ysa bo‘ladi. Yigitlarimiz ham shu darajaga yetib kelishdi. Ular endi o‘z oldilaridagi katta vazifasini ado etishlari qoldi. Yigitlarimizni jismoniy va taktik jihatdan yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishga loyiq, deb o‘ylayman. Maqsadimiz yuqori. Ishonamanki, bo‘lajak musobaqada jamoamiz yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:44, 22.12.2017.
O'qildi: 4041 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.