"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero APLning 19-turi doirasida "Bornmut" qarshi uchrashuvning 27-daqiqasida hisobni ochdi.
Bu argentinalik 29 yoshli futbolchining "Etihad" stadionida "shaharliklar" safida barcha musobaqalardagi 100-goli bo‘ldi. Buning uchun unga 135 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Aguero "ManSiti"da 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda va 183 gol bilan klub tarixida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.