Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Qirol arturomi yoki janjalkashlar qiroli

Qirol arturomi yoki janjalkashlar qiroli

Baho:
+ | -

Chili termasi yetakchisi, «Bavariya» klubining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan 30 yoshli Arturo Vidal so‘nggi paytlarda mashmashalar girdobida qolayotganday - ajoyib oila egasining alkogolga ruju qo‘ygani haqidagi gap-so‘zlar allaqachon hammaning og‘ziga tushgan. Quyida qirol Arturo faoliyatidagi shunga o‘xshash voqealarga to‘xtalamiz.

SAMPAOLINING IQRORI

Janubiy Amerikaning amaldagi chempionlari JCH-2018 saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchrashganidan so‘ng Vidal mavzusi yana kun tartibidan o‘rin oldi. Hammasi Karl Pardoning «Instagram»dagi chiqishidan so‘ng boshlandi.

Golkiper Klaudio Bravoning turmush o‘rtog‘i ism-shariflarga to‘xtalmagan holda quyidagilarni yozgandi: «Ayrimlar mashg‘ulotlarda borini berishganda, qolganlar ko‘ngilxushlik qilishdan bo‘shashmadi. Endi esa, butun mamlakatda motam».

Vidal Braziliyaga qarshi o‘tgan hal qiluvchi bahsni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuborganiga qaramay, ko‘pchilik yana u to‘g‘rida gapirmoqda.

Hatto ikki yil oldin Chili termasini boshqargan Xorxe Sampaolining o‘sha paytlarda bergan intervyusi ham chetda qolmadi - o‘shanda chililiklar sobiq murabbiyi futbolchiga samolyotda pivo ichishni taqiqlab qo‘yganida Arturo avtobus haydovchisi bilan bir shisha viskini bo‘shatgan va Vidal o‘z ustidan nazoratni yo‘qotgani bois, Sampaoli uni shifokorlar ko‘rigiga olib borish kerakligini aytgandi.

SHISHA BILAN BOSHGA

Bu mavzu asta-sekinlik bilan esdan chiqa boshlaganida esa Vidalga oid yangi mashmashalar haqida Sport1.de ma’lumot tarqatdi. Unda aytilishicha, futbolchi akasi va o‘rtoqlari bilan Myunxendagi Crown~s Clubda ko‘ngilxushlik qilgan.

Bunday joylarda urush-janjallar tez-tez sodir bo‘lishini e’tiborga olsak, ular bilan ham shunday hodisa yuz berganiga hayron qolmasligingiz tabiiy. Ammo janjal ishtirokchilaridan birining boshiga shisha bilan urishgani va qonun ustuvorligi bilan ajralib turadigan Germaniya­da bunday voqealarga osonlikcha ko‘z yumib ketilmasligini inobatga olsak...

polisiya darhol voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Ayrimlar, jumladan, jabrdiyda ham janjalning asosiy aybdori sifatida Vidalni ko‘rsatdi, biroq kafe xo‘jayini futbolchining qo‘lida shisha idish bo‘lmagani va u faqat o‘zini himoya qilganligini aytib ko‘rsatma berdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu kabi voqealar Vidalni butun futbolchilik faoliyati davomida ta’qib qilayotanday.

OG‘IR BOLALIK

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:31, 24.12.2017.
O'qildi: 2540 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.