Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan

Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan

Baho:
+ | -

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov «Gazeta.uz» nashri bilan suhbatda teletranslyasiyalar masalasiga oydinlik kiritib o‘tdi. Uning aytishicha, 2018 yildan boshlab Super Liganing barcha o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinishi ham mumkin.

 

Federasiyaga kelganimda, jonli efirlar deyarli to‘xtagan vaqti edi. Hozir biz Sport-TV hamda UzReport bilan ishlab, o‘yinlarni yoritish uchun minmum 6+1 kameralardan foydalanmoqchimiz. Chunki vaziyat faqatgina burchakdan ko‘rsatib berilsa, uni noto‘g‘ri talqin qilsa bo‘ladi. Endi esa hakamlar qanday qarorlar chiqarayotganini aniqroq bilib olish imkoniga ega bo‘lamiz. Bunga yangi mavsumdanoq ulgurmoqchimiz. Rejamiz bo‘yicha, Super Liganing har bir o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya bo‘lishi kerak.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Ahmadjonov kelasi mavsumdan boshlab futbol uchrashuvlari 18:00 dan erta boshlanmasligi masalasiga ham to‘xtaldi.

 

Biz O‘zbekiston Kubogining final o‘yinini 15:00 ga tayin qilgandik. Chunki chiptalarni bepul qilib qo‘ydik, istagan odam finalga tashrif buyurishi uchun imkoniyat yaratdik. Shuningdek, kechga tomon havoning keskin sovib ketishini ham inobatga oldik.

Yangi mavsumdan esa o‘yinlar 18:00 dan keyin boshlanadi. Muxlislar o‘z jamoasi ishtirokidagi o‘yinni ishdan chiqib bemalol ko‘ra olsin.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Bungacha FIFA hamda OFK kabi tashkilotlar O‘zbekiston futboli uchun mablag‘ ajratgani borasida xabar berilgandi. O‘FF bu pullarni qanday maqsadlarda sarflamoqda?

 

Hozir biz FIFA va OFKdan pul oldik. Bu mablag‘ni U16 va U19 termalarining yig‘inlari, murabbiy va mutaxassislar oyligi uchun sarf etmoqdamiz. Ayni holatda mahalliy homiylarimiz yo‘q. Shuning uchun ham bir qator yirik kompaniyalar bilan 2018 yil bo‘yicha hamkorlik masalasida ishlamoqdamiz. Bu haqda albatta xabar beramiz.

Yaqin vaqt ichida Mercedes-Benz kompaniyasidan FIFAning puliga miniven va milliy terma jamoa uchun 50 o‘rinli avtobus sotib olish masalasisi hal etiladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:23, 26.12.2017.
O'qildi: 7916 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.