Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Metallurg»ga yangi murabbiy tayinlandi

«Metallurg»ga yangi murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Kecha  “Metallurg” klubining Chirchiqda o‘tkazilgan yig‘ilishida jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelgan tajribali mutaxassis Rustam Mirsodiqov iste’fo berganligini e’lon qilgandik. Bugun esa “Zerom” mehmonxonasida jamoaning yangi bosh murabbiyini tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kungacha “Paxtakor” jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlab kelgan Andrey Shipilov “Metallurg” futbolchilariga klubning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: Andrey Sergeevich Shipilov 1971 yil 23 mart kuni tavallud topgan. Uzoq yillar mamlakatimiz va xorij jamoalarida himoyachi, yarim himoyachi amplualarida to‘p surgan. Futbolchilik faoliyatini 1990 yilda Toshkent viloyatining “Sverdlovchi” jamoasida boshlab (74 uchrashuv), keyinchalik “Traktor” (1992 yil, 13 uchrashuv – 1 ta gol), “Chirchiq” (1992, 12), Andijonning “Navro‘z” (1993, 27-1),  Sirdaryoning “Guliston” (1994, 2) jamoalarida o‘ynagan. 1994 yilda Rossiya Federasiyasidan taklif tushgach, “Torpedo” (Vladimir, 1994, 8), “Metallurg” (Novotroisk, 1994, 4), “Nosta” (Novotroisk, 1995-96, 40) jamoalarida to‘p surgan. 1997 yildan yana mamlakatimizga qaytib kelgan Andrey Shipilov “Andijon” (1997-2000, 111-9), “Navbahor” (2001, 3), “Andijon” (2001-2002, 26) jamoalarida o‘ynadi. Bir mavsum Rossiyaning “Vidnoye” (2003, 17-1) jamoasi tarkibida bo‘lib qaytgach, futbolchilik faoliyatini 2003 yili Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasida yakunlagan.

Andrey Shipilov “Metallurg” PFK bosh murabbiyi etib tayinlanguniga qadar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlab kelayotgandi. U shuningdek, 2015-2017 yillar oralig‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bosh murabbiy yordamchisi vazifasida xizmat qilgan.

Tanishtiruv marosimi yakunlangach “Kimyogar” stadionida Andrey Shipilov boshchiligida birinchi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Avvaliga sport zalida yengil jismoniy tayyorgarlik mashqalaridan keyin futbolchilar stadionda yugurish, to‘p bilan ishlash jarayonlarini o‘tashdi. Bekobodliklar 30 dekabr sanasiga qadar Chirchiq shahrida har kuni bir mahaldan jismoniy tayyorgarlik mashqlarini davom ettirishadi.

"Metallurg" PFK matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:01, 26.12.2017.
O'qildi: 4339 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.