Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Qatardagi «Tibbiy yig‘in» yoxud Superliga klublari shifokorlarining Dohadagi ilmiy-amaliy «sarguzashtlari»

Qatardagi «Tibbiy yig‘in» yoxud Superliga klublari shifokorlarining Dohadagi ilmiy-amaliy «sarguzashtlari»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FFdan klublarga xat keldi-yu, barcha shifokorlar orasida shov-shuv bo‘lib ketdi. Nima emish, PFL barcha Superliga klublari shifokorlarini Qatarga o‘qishga yuborar emish. Mening o‘zimga deyarli barcha klub shifokorlari ko‘ng‘irok qilishdi. Chunki sport sohasida o‘quv-seminarlar bo‘lib turardi-yu, ammo futbol klublarining shifokorlarini o‘qish va malaka oshirish uchun chet elga yuborish birichi marta bo‘layotgan voqea edi.

«Yuz marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi» - deydi dono xalqimiz, tezda «tibbiy yig‘in»ga tayyorgarlikni boshlab yubordik. O‘FF rahbariyatidan «oq fotixa»ni olib, Toshkent-Istanbul-Doha yunalishida Qatarga yo‘l oldik. Biz futboldagi shifokorlar bir-birimizni tanisak-da, munosabatlarimiz asosan o‘yinlardagi salom-alikdan nariga o‘tmas, nari borsa bir-ikki yilda tashkil kilinadigan mahalliy seminarlarda ko‘rishib turamiz, xolos. Shu sababli, yo‘l biroz uzoqroq bo‘lsa-da, uzoq vaqt bir-biri bilan yaqindan muloqotni qumsagan shifokorlar bir-birimizdan klublarimizdagi yil yakunlari, yil davomidagi jarohatlar va kasalliklar, har kimning o‘ziga xos davolash uslublari, qolaversa shaxsiy hayot, futbolchi va murabbiylar haqida biz shifokorlarning munosabatigacha bulgan mavzulardagi suhbat va munozaralarimiz bilan manzilga yetib borishimiz deyarli sezilmay o‘tib ketdi.

Erta tongdan Doha xalqaro aeroportida bizni kutib olishdi, mehmonxonaga joylashib nonushta kilib olgach, «Aspetar» tomon yo‘l oldik. Shu o‘rinda «Aspetar» haqida ikki og‘iz so‘z. To‘liq nomlanishi «Aspetar-Qatar Ortopedik va Sport Tibbiyoti gospitali» bo‘lib, ushbu markaz dunyodagi eng kuchli to‘rtlikka kiruvchi nufuzli sport tibbiyot markazidir. Unda dunyoning ko‘plab mamalakatlaridan (17 millat vakillari, asosan Yevropa mamalakatlaridan) sport tibbiyoti sohasidagi eng kuchli mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib, markaz so‘nggi zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan. Ushbu markaz nafaqat Qatar sportchilari, balki butun dunyo buylab mashhur sportchi va asosan ko‘plab mashhur futbolchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishi va o‘zining keng qirrali ilmiy tadqiqotlari bilan juda mashhurdir. Shu bilan bir qatorda ushbu markazda FIFA va OFK ham juda ko‘p xalkaro ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazib turadi, shunday anjumanlarda kamina ham ishtirok etgan edim.

«Aspetar»dagi kutib olish marosimida markaz bosh direktori so‘zga chiqib, tashrif bilan bizni iliq qutladi hamda o‘z shifokorlariga e’tibor qaratib shunday o‘quv seminarini tashkil kilish taklifini kiritib, O‘FF rahbariyati uni hayratlantirganini aytib o‘tdi. Keyingi so‘zga chiqqan tashkilotchi professor bizga ajratilgan qisqa muddat ichida keng qamrovli futbol tibbiyotidagi yangiliklarni imkoni boricha qulay va tushunarli yetkazib berishga harakat qilishlarini aytib o‘tdi. Shundan sung guruh rahbari sifatida men so‘zga chiqib, O‘FF rahbariyati salomini yetkazdim va iliq kutib olishgani uchun xursandligimizni hamda bilim va ko‘nikmalarimizni yana bir bor yangilab olish imkoni tug‘ilganidan mamnun ekanimizni bildirdim.

Tanishuv va qutlov marosimi tugagach, dastur bo‘yicha biz uchun «Aspetar» bo‘ylab umumiy tanishuv sayohati uyushtirildi, so‘ngra alohida tibbiy markaz bo‘limlari bo‘ylab tanishib borar ekanmiz, har bir bo‘lim faoliyati, uning ishlash rejasi, maqsadi va vazifalari hakida batafsil to‘xtab o‘tildi. Ko‘rganlarimizni va har bir shifokor uchun ochilgan yangi qirralarni yozishim uchun alohida fursat kerak. Shundan so‘ng bevosita o‘quv jarayoniga kirishib ketdik, ya’ni dasturda belgilangan sport tibbiyoti bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi. Kun oxirida tibbiy markazdan qayta turib, mehmonxonaga borishdan avval shahar bo‘ylab qisqa sayohat uyushtirildi hamda keyingi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Doha chiroyidan bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratib berishdi.

Keyingi kunimiz juda samarali buldi, chunki dastur bo‘yicha kun davomida aynan futbol tibbiyotiga tegishli bo‘lgan har xil mavzudagi ma’ruzalar o‘qildi. Ushbu ma’ruzalarda bizning har kunlik faoliyatimizda zarur bo‘lgan har xil qirralar qamrab olingani bilan bir qatorda, ma’ruzachilarning aynan biz uchun ma’ruzani tayyorlagani, o‘z ma’ruzalarida bizning logotiplar va futbolchilarimiz rasmlari va jarohatlarini misol qilib keltirishgani, ma’ruzachilar har xil millat professorlari bo‘lsa-da kirish va so‘ng so‘zlarida o‘zbekcha so‘zlarni ishlatishgani bizni juda hayratlantirdi. Ma’ruzalarda yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda, fikr almashish, ma’ruza davomida bizni qiziqtirgan savollarga yetarlicha keng javob berish, ma’ruzalardan chetda qolgan bizni qiziktiruvchi mavzularda qo‘shimcha ma’lumotlar berish ma’ruzachilarning asosiy maqsadi bo‘ldi. Ma’ruzalar juda qiziqarli va «tabiiy» bo‘lgani sababli dasturimiz so‘nggiga yetib kelganini bilmay qoldik.

O‘quv-seminarimizning asosiy vaqti tugagach kichik «yopilish va taqdirlash» marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan bosh direktor o‘rinbosari: «Siz bilan o‘tgan seminarimiz biz uchun ham juda qiziqarli bo‘ldi va ushbu o‘quv dasturini tayyorlab, uni unumli o‘tkazganimizdan xursandmiz, O‘ylaymanki, siz ham o‘zingizga kerakli tajriba va ko‘nikmalarni oldingiz. Bizning nomimizdan federasiyangizga salomimizni yetkazib qo‘ying», - deya o‘quv-seminarni yoparkan, keyin tashkilotchilar bilan birgalikda har birimizga tantanali ravishda sertifikatlar topshirishdi. Shundan so‘ng men ham so‘zga chiqib, seminar biz uchun juda qiziqarli va unumli bo‘lgani, buning uchun tashkilotchilarga, qolaversa qiziqarli ma’ruzalar tayyorlagan professor-shifokorlarga rahmat aytib, «Aspetar» va Qatar futbol assosiasiyasi rahbariyatiga O‘FF nomidan minnatdorchilik aytishganini yetkazib qo‘ydim.

Ortga qaytar ekanmiz, parvozlar oralig‘idagi vaqtdan foydalanib, Istanbulning e’tiborga loyiq tarixiy joylarini ham ziyorat qilish bilan yanada boyigan Doha taassurotlari qalbimizga ko‘tarinkilik hadya etgani yaqqol sezilardi. «Asr yasha – asr o‘qi», ayniqsa shifokorlar doimo o‘z ustida ishlab, izlanishda bo‘lishlari kerak. Qolaversa, bugungi tez rivojlanayotgan futbolda tibbiyotning o‘rni juda muhimdir. Ushbu xorijiy o‘quv-seminari biz shiforlar uchun bilim va amaliy ko‘nikmalarimizni yana bir bor yangilab olish uchun katta maktab bo‘ldi va ushbu imkoniyatni yaratib bergan futbol rahbariyatiga biz shifokorlar o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Abror PIRRIYEV, «Lokomotiv» PFK shifokori

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:32, 28.12.2017.
O'qildi: 4120 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.