Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Keysuke Xonda: «Meksikadan ketish niyatim yo‘q»

Keysuke Xonda: «Meksikadan ketish niyatim yo‘q»

Baho:
+-1 | -

Yaponiyalik 31 yoshli Keysuke Xonda Rossiya chempionatidagi yorqin o‘yinlari bilan esda qolgan. Ammo u Moskvaning SSKA klubini mojaroli tarzda tark etgandi.

Bir-ikki yil oldin SSKA rahbari Yevgeniy Giner «Xondadan tashqari barcha sobiq futbolchilarimiz bilan yaxshi aloqadamiz», degandi.

O‘shanda u «SE» muxbirining «Xonda bilan ko‘rishib qolsangiz so‘rashasizmi?» degan savoliga «Yo‘q. Xondaning transferidan bir chaqa ham olmaganmiz. U bu borada yagona futbolchi. Chunki u bizni aldagan.

U bizga shartnomani uzaytirmoqchi ekani va hech qayerga ketmasligini ayt­gan. Aslida esa arzimas pul evaziga «Milan»ga o‘tmoqchi bo‘lgan. Endi esa uni bizga tekinga taklif qilishyapti. Uni qayergadir joylab qo‘yishmoqchi», deb javob qaytargandi.

Keyinchalik «Milan» sharafini himoya qilgan futbolchi ayni paytda Meksikaning «Pachuka» klubi safida to‘p surmoqda. Uning jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Biroq Xonda BAAning «Al-Jazira» klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushmadi. O‘yindan so‘ng «Sport -Eks­press» nashri muxbirlari Xonda bilan suhbatlashishdi.

- «Pachuka»ning turnirda uchinchi o‘rinni olishi yaxshi natijami?

- Finalga chiqishimiz mumkin edi. Ammo umuman olganda yomon natija emas.

- Yaqinda Yaponiya matbuotida «Pachuka»ni tark etishingiz mumkinligi haqida yozishdi. Shundan so‘ng 3-o‘rin uchun kechgan bahsda maydonga tushmadingiz. Haqiqatdan ham muammolar bormi?

- Bu shunchaki mish-mish. Yaponiyada bundan qandaydir jiddiy yangilik yasashgan. Aslida esa bunday emas. Meksikadan ketish niyatim yo‘q. Shartnomam may oyida nihoyasiga yetadi.

Shuningdek, yaqin orada Yevropaga qaytmoqchi emasman. O‘sha uchrashuvda o‘ynamaganimning sababi, tizzamdagi jarohat tufayli maydonga tusholmadim.

Murabbiy bilan kelishgan holda Meksika kubogining finalidan o‘rin olgan «Monterrey»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rganim yaxshi degan qarorga keldik. Ushbu uchrashuv 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

- SSKAni kuzatasizmi? Ularning o‘yinlarini tomosha qilyapsizmi?

- Yo‘q.

- Umumanmi?

- Ularning bu mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynashganini bilaman. Shuningdek, u yerda hamon do‘stlarim o‘ynayotganidan xabarim bor.

- Ular bilan gaplashib turasizmi?

- Yo‘q.

- Nima uchun? Jamoa safida bir necha mavsum to‘p surdingiz. Nahotki, «qizil-ko‘k» ranglar siz uchun jonajonga aylanmagan bo‘lsa?

- Gap unda emas. Ularni do‘stlarim deb bilaman. Shunchaki, men shunaqa insonman. Bizda, Yaponiyada o‘tmishni kavlayverishmaydi.

- Unda keling, kelajak haqida gaplashaylik. Yozda terma jamoangiz bilan Rossiyaga qaytsangiz kerak. Alohida tuyg‘uni his qilyapsizmi?

- Shunaqa desa ham bo‘ladi. Yaponiya terma jamoasi safida Rossiyada o‘ynash, do‘stlar bilan yana ko‘rishish - ajoyib. Lekin buning uchun yanvardan iyunga qadar tinimsiz mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Agar forma joyida bo‘lmasa, ro‘yxatga kiritilmasligim mumkin. Unda bugungi suhbatimiz bejizga ketadi.

- Aytgancha, Leonid Sluskiyning Angliyada ishlaganidan xabaringiz bormi?

- Ha. Bu meni ajablantirmadi. SSKAda o‘ynab yurgan kezlarimda ham u ingliz tilini o‘rganardi.

Shu bois ham uning Angliya yoki boshqa mamlakatga ketishini tasavvur qilgandim. Uning keyingi faoliyatiga omad tilayman. Menimcha, Sluskiy Yevropaning kuchli jamoasini bosh­qarishga qodir.

- O‘shanda siz va Yevgeniy Giner o‘rtasida nima o‘tgandi?

- Aytarli mojaro bo‘lmagan. Futbol nafaqat o‘yin, balki biznes hamdir. Shunday ekan, bu industriyada futbolchi ketishni xohlaydi, klub uni qo‘yib yubormaydigan holatlar bo‘lib turadi. Bizda ham shunday bo‘ldi. Menga erkinlik berishmagandi.

- Keyinchalik «Milan»ga o‘tib xato qildim, degan fikrga kelganmisiz?

- Aslo.

Abdulloxon Isroilxonov

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:20, 31.12.2017.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик