Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

O‘zbekiston Super Ligasi o‘yinlari translyasiyasiga da’vogar telekanallar uchun O‘FF jiddiy shartlar qo‘ydi

O‘zbekiston Super Ligasi o‘yinlari translyasiyasiga da’vogar telekanallar uchun O‘FF jiddiy shartlar qo‘ydi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super Ligasining 2018 yilgi mavsumini translyasiya qilishni istovchi telekanallar O‘FF shartlariga amal qilishi kerak bo‘ladi. Tashkilot rasmiy sayti u nimalardan iborat ekaniga oydinlik kiritdi.

Birinchi navbatda, translyasiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar mavsum davomida birgalikda Super Liganing kamida 60 foiz uchrashuvini translyasiya qilishga majbur. Bungacha asosan Toshkent klublari ishtirokidagi bellashuvlar jonli ko‘rsatilgan bo‘lsa, endi viloyatlardagi bellashuvlarga ham e’tibor qaratiladi.

Super Liganing yangi formatiga ko‘ra, uning bir mavsumida jami 192 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Buning 60 foizi esa 115 tani tashkil qiladi. Shuningdek, O‘FF yo‘riqnomasida telekanallar so‘zi ishlatilgan. Ko‘rinishidan, Super Liga o‘yinlari faqatgina Sport-TV telekanalidagina ko‘rsatilmaydi. Katta ehtimol bilan unga UzReport kanali ham raqobatchi bo‘ladi.

O‘zbekiston chempionati o‘yinlarini translyasiya qiluvchilar har bir uchrashuvda eng kamida 6 ta kamera ishlashini ta’minlashi shart. O‘sha kameralar sekinlashtirilgan kadrlarni ham ko‘rsata olishi talab etiladi.

O‘FF va PFL o‘z yurisdiksiyasi ostida o‘tkaziladigan futbol musobaqalari va tadbirlardagi barcha huquqlar egasi hisoblanadi. Bu huquqlarga moliyaviy, tijoriy, marketing, reklama, barcha shakldagi audiovizual va radio yozuvlarga tegishli huquqlar, shuningdek, intellektual mulk hisoblangan emblema va ramzlardagi mualliflik huquqlari kiradi, deb yozib qo‘yilgan.

Shundan kelib chiqib, Super Liga o‘yinlari translyasiyasi huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar, musobaqaning titul/rasmiy homiylari va hamkorlarining reklama roliklarini namoyish qilib borishi shart. Uning tartibi tijoriy reglament asosida belgilab olinadi. Super Liganing barcha ishtirokchi klublari tijoriy reglamentga amal qilishga majbur.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:19, 03.01.2018.
O'qildi: 12470 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик