Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kashfiyotlar yoxud Otabek Shukurov ortidan yana kimlar xorijga yo‘l olishi mumkin (fotogalereya)

Kashfiyotlar yoxud Otabek Shukurov ortidan yana kimlar xorijga yo‘l olishi mumkin (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnoma tuzdi. Ha, bu Osiyoning ilg‘or klublari safida emasdir, ammo futbolchimizning xorijga yo‘l olishi ijobiy holat, baribir.

Ishoning, har bir legionerimiz avvalo, milliy futbolimiz targ‘ibotchisi hisoblanadi. Agar vakilimiz yaxshi o‘yin namoyish etsa, chempionatimizga qiziqish ortishi shubhasiz.

Qolaversa, Otabek «Sharja»dagi faoliyati orqali yetakchi klublar nazariga tushishi mumkin. Har holda, kelasi mavsum OCHLda ishtirok etmaydigan «Bunyodkor»da qolganidan ko‘ra, shunisi ma’qul.

Bilasiz, O‘zbekiston yoshlar termasi joriy oyda Osiyo chempionati-2018da ishtirok etadi. Bu musobaqa ham yangi iqtidorlarni kashf etishi tayin.

Yoshlarimiz yaqinda Tailanddagi xalqaro turnirda g‘olib chiqishdi. Qit’a birinchiligida muvaffaqiyat takrorlansami, yigitlarimiz yetakchi klublar e’tiboriga tushishadi.

Xo‘sh, Otabek Shukurov izidan kimlar xorijga yo‘l olishlari mumkin, bu borada imkoniyatlar qanday?

Rustam ASHURMATOV

Klubi: «Bunyodkor»

Ampluasi: markaziy himoyachi

Yoshi: 21

Rustam nafaqat «Bunyodkor», balki o‘zbek futbolining eng umidli himoyachilaridan biridir. U 2 yildan buyon o‘z klubining asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida oliy liga va OCHLning muhim bahslarida ishtirok etdi.

Ayniqsa, sovuqqonlik bilan namoyish etadigan ishonchli o‘yini maqtovga loyiq. Rustam Tailanddagi M-150 CUP musobaqasida Myanma termasiga qarshi kechgan dastlabki bahs (2:2)da maydonga tushmadi. Muhimi, Vyetnam hamda yaponiyaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda to‘liq 90 daqiqadan harakatlanib, jamoamiz himoyasini ancha kuchaytirdi.

Umuman, Ashurmatov hozirdanoq xorij klublari kuzatuvi ostida turibdi. Osiyo chempionatida o‘z saviyasida o‘ynasa, bu kuzatuv jiddiy qiziqishga aylanishi turgan gap. Asosiysi, kuzatuv va qiziqishdan foydalana olishda...

Islom QOBILOV

Klubi: «Bunyodkor»

Ampluasi: markaziy himoyachi

Yoshi: 20

«Bunyodkor» akademiyasi ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo shu qisqa vaqt ichida ko‘plab iqtidorlar voyaga yetkazildi. Islom Qobilov shunday futbolchilar sirasiga kiradi.

Yosh himoyachi o‘tgan mavsumni «Metallurg»da ijara kelishuvi asosida  boshladi va jamoa boshqaruviga Mirjalol Qosimov kelgach, u ham qaytdi. Islom himoyada turli pozisiyalarda o‘ynay oladi va standart vaziyatlarda hujumga yordam berishi mumkin.

Uning o‘ziga xos jihati - kuchli zarba. Kutilmaganda, uzoqdan zarba yo‘llab, darvozabonni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Qobilov Osiyo chempionatida shu iqtidorini ishga solgan taqdirda uning qarshisida ko‘p eshiklar ochilsa kerak.

Doniyor NARZULLAYEV

Klubi: «Nasaf»

Ampluasi: yarim himoyachi

Yoshi: 22

Doniyor Narzullayev - universallik xislatiga ega futbolchi. U nafaqat yarim himoya, balki himoyada ham bemalol to‘p surishi mumkin. Masalan, Tailandda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada o‘ng qanot himoyachisi rolini bajardi. Ammo bu holat uning 3ta golga assistentlik qilishiga xalal bergani yo‘q.

Xullas, bu futbolchi o‘z qanotida himoyada ham, yarim himoyada ham birdek harakatlana oladi. Demakki, maydonda katta hajmda ishlash salohiyatiga ega. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining qanotdagi o‘yini ko‘p hollarda aynan Doniyorga bog‘liq.

Akrom KOMILOV

Klubi: «Bunyodkor»

Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi

Yoshi: 21

Akrom Komilov 3 yildan buyon o‘z klubida asosiy tarkib vakili. Bunga qadar esa «Andijon» bilan birinchi ligadan elitaga qaytgandi. Shunday ekan, uning tajribasini baholash uchun yoshiga qarash shart emas.

Harqalay, yurtimizda 4 yildan buyon katta futbol ta’mini totib ko‘rayotgan yosh o‘yinchilar sanoqli. To‘g‘ri, Akrom uchun hali isbotlashi zarur narsalar bir talay. Deylik, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasida to‘p surishga munosibligini ko‘rsatishi lozim.

Komilov vaqtida Avstriyada ko‘rikdan o‘tgandi. Endi esa ko‘rik shart emas, balki shartnoma tuzish uchun xorijdan aniq taklif olishi lozim....

Dostonbek HAMDAMOV

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:23, 05.01.2018.
O'qildi: 16264 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.