Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig‘inida

Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig‘inida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa kerak, “Buxoro” jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini ayni damda Toshkentda olib bormoqda.

Murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, mashg‘ulotlar asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Shu bois bugungi kundagi mashg‘ulotda ham futbolchilar asosan jismoniy yuklamalarni olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Endi esa muxlislarning diqqat markazida turgan, tarkibda yuz berayotgan o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgani xususida xabar bergandik. Ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida murabbiylar bir qator futbolchilarni jamoaga taklif etgan. Xususan bugungi mashg‘ulotlarda ishqibozlarga yaxshi tanish bo‘lgan, Shavkat Mullajonov, Rahmatullo Berdimurodov (“Olmaliq”), Shavkat Salomov (“Atirau”- Qozog‘iston), Shahboz Erkinov (“Nasaf”), Sardor Sulaymonov (“Dinamo”) hamda Behruz Sa’dillayev (“Paxtakor”) singari futbolchilar ishtirok etdi.

Ushbu yig‘in chog‘ida jamoa bir nechta sinov-nazorat o‘yinlarida ham maydonga tushadi. Hozircha sparring-raqiblarning nomi ma’lum emas. Bu borada keyingi xabarlarimizda yana ma’lumot berib boramiz.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Manba: Pfcbuxoro.com
Kiritildi: 08:44, 06.01.2018.
O'qildi: 3171 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.