Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Jamoliddin Sharipov: «O‘FF yangilanishi sabab rejalarimiz o‘zgarib ketdi»

Jamoliddin Sharipov: «O‘FF yangilanishi sabab rejalarimiz o‘zgarib ketdi»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha 2018 yilgi mavsum ham xuddi futbolda bo‘lgani kabi yangi format asosida o‘tadi.

Rejaga ko‘ra, mart oyida start oladigan O‘zbekiston chempionatida oliy liga jamoalari ilk marotaba uy-safar tizimida ishtirok etishadi. Aftidan, hozirgi holatda ichki birinchilikda uzoq tanaffus yuzaga keladigan ko‘rinadi.

Fevral oyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashadigan termamiz uchun esa bu yaxshi holat emas. Rasmiy uchrashuvlar yo‘qligi sabab futzalchilarimiz o‘yin amaliyotisiz qolib ketishyapti.

Shunga qaramay, klublar hamda termamiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini to‘xtatmayapti. Biz O‘zbekiston chempioni - «Olmaliq» jamoasi yetakchi futzalchisi Jamoliddin Sharipovdan intervyu oldik.

- Jamoliddin, «Olmaliq»ning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday ketyapti?

- Aslida mashg‘ulotlarga avgust oyidayoq kirishgandik. Shu paytgacha chempionat bahslari sentyabr yoki oktyabr oyidan boshlanardi. Lekin O‘FFning biroz kutilmagan qarori tufayli yangi mavsumga mart oyidan start beriladigan bo‘ldi.

Buning natijasida oliy liga klublarining rejalari o‘zgarib ketdi. Shunga binoan yangi yildan mashg‘ulotlarni boshlaymiz.

- Tarkibda o‘zgarishlar bormi?

- Ha. Tajribali futzalchilarimiz boshqa klublarga o‘tib ketishdi. Masalan, Artur Yunusov «Lokomotiv», Dilshod Irsaliyev «Paxtakor» bilan shartnoma imzoladi. O‘z o‘rnida, safimizga qo‘shilganlar ham bor.

«Ardus»dan Davron Abdurahmonov yangi mavsumni «Olmaliq» tarkibida boshlashga yaqin turibdi. «Metallurg»da ijara asosida o‘ynagan Sunnat Kuralov jamoamizga qaytdi. Yangi yildan boshlanadigan yig‘inimizda yana ko‘plab futzalchilarning ko‘rikdan o‘tishi kutilyapti.

- Yuqorida O‘FFning yangiligi haqida gapirdingiz. Futzalchilar uni qanday qabul qilishdi?

- Shaxsan men uchun bu juda qiziq tuyulmoqda. Barcha futzalchilar qatori chempionat boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Uning qanchalik samarali bo‘lishini, albatta, vaqt ko‘rsatadi.

- Jamoalar uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolib ketishyapti. Martgacha hali ancha vaqt bor. Bu zararga ishlamasmikan?

- Ushbu masalada bir nima deyish qiyin. Lekin futzalchi uchun o‘yin amaliyoti juda muhim.

Albatta, chempionat boshlanguniga qadar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. Lekin nazorat bahslari baribir, rasmiy uchrashuvlar o‘rnini bosa olmaydi. Xullas, yangi tizimga ko‘nikishga majburmiz.

- «Olmaliq»ning o‘tgan yilgi ishtiroki klub rahbariyati tomonidan muhokama qilindimi?

- Ha, Olmaliqda mavsum yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish va uning yakunida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Klubimiz rahbarlari chempionlik bilan tabriklashdi, sovg‘a-salomlar ulashildi.

- Yangi mavsum uchun rejalar tasdiqlandimi?

- Bizga bu haqda aytishmadi. Shu kunlarda o‘z bazamizda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yig‘ilamiz. Bo‘lajak yig‘inda rejalar bilan tanishtirishsa kerak.

- Jamoa bilan shartnomangiz qancha muddatga imzolangan?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:26, 08.01.2018.
O'qildi: 4111 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.