Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Zidan: «Real»da 10 yil ishlamasligimni bilaman»

Zidan: «Real»da 10 yil ishlamasligimni bilaman»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘zining faoliyati borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Zayniddin Zidan hozirda «Real» o‘yinchisi emas. Endi bunday Zidan yo‘q. Hozir murabbiy Zidan bor. Men faoliyatimni boshqatdan yaratyapman. O‘yinchi sifatida erishgan yutuqlarim meni qutqarib qola olmaydi.

Qachondir "Real"dagi faoliyatim yakunlanadi. Shu bois, menga berilgan imkoniyatdan foydalanishga ulgurib qolishim kerak. O‘zimga o‘zim aytaman: «Ixtiyoringda 10 kun vaqt bor, undan samarali foydalanib qol. Agar bu muddat yarim yil bo‘lsa, bu vaqt davomida qo‘lingdan kelgan barcha ishni amalga oshir». Boshqa hech narsa haqida o‘ylamayman. "Real"da 10 yil ishlamasligimni bilaman.

Tashqaridan bo‘layotgan bosim menga ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘zimni qalqon bilan himoya qilaman — menga hech narsa ta’sir qila olmaydi. «Real»da menda katta mas’uliyat bor. Lekin uyga kelganimda hamma narsani unutaman.

Ko‘p murabbiylar uyga kelganida ish haqida o‘ylashni to‘xtata olmaydi. Bu mening qo‘limdan keladi. Uyga kelaman hamda turmush o‘rtog‘im va bolalarim bilan vaqtni o‘tkazaman. Biz televizor ko‘ramiz va kechki ovqatni tanavvul qilamiz. Men ishdan o‘zimni chalg‘itaman. Bu muhim narsa.

Hamma narsa yaxshi ketmayotgan paytda o‘zimni yaxshi murabbiy ekanimni ko‘rsatishni istayman. Qiyinchiliklar meni qo‘rqitmaydi. Men hamma narsaga tayyorman. Odamlarga hamma narsa men uchun oson kechayotgandek ko‘rinishi mumkin, ammo bunday emas. Men o‘yinchi yoki murabbiy bo‘lamanmi — hamisha yurakdan mehnat qilaman», – dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:06, 09.01.2018.
O'qildi: 6682 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.