Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘FF vakillari Qo‘qonga borishdi

O‘FF vakillari Qo‘qonga borishdi

Baho:
+ | -

Kelayotgan futbol mavsumida O‘FF tomonidan  jamoalar oldiga katta talablar qo‘yilgan. Ayni kunlarda federasiya vakillari viloyatlarga chiqib jamoalarda ushbu talablar bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotgani bilan qiziqmoqdalar.

7-8 yanvar kunlari Asqar Tolibjonov boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘qonga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad “Qo‘qon-1912” jamoasida mavsumga tayyorgarlik jarayonlari qanday davom etayotgani bilan tanishish, kerakli ko‘rsatma va maslahatlarni berishdan iborat edi. Mehmonlar Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib bu yerda davom etayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Stadionda futbolchilar, matbuot xodimlari, yuqori martabali mehmonlar va muxlislarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganib, o‘zlarining kerakli maslahat va tavsiyalarini berdilar. Ayni kunlarda “Markaziy” stadionda ta’mirlash ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Mutaxassislar stadion maydonining holatini yaxshilash borasida jiddiy takliflarni o‘rtaga tashladilar.

Shuningdek, federasiya vakillari “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarashli futbol maktablarida, Uchko‘prik tumanidagi stadionda va Qo‘qon shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida ham bo‘ldilar.  “Qo‘qon-1912”ning ayollar jamoasi va mini futbol jamoalari to‘p suradigan stadion va sport zallarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgangan mehmonlar, bu yerlarda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berishdi.

O‘FF vakillari  “Qo‘qon-1912” futbol klubi ofisiga tashrif buyurib klub rahbariyati bilan suhbat o‘tkazdilar va tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqdilar.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:24, 10.01.2018.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.