Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Dilshod Nuraliyev umrbod futboldan chetlatilgan shogirdlari haqida: «Bu — juda og‘ir jazo»

Dilshod Nuraliyev umrbod futboldan chetlatilgan shogirdlari haqida: «Bu — juda og‘ir jazo»

Baho:
+ | -

Taniqli futbol mutaxassisi, 2012 yili O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempioniga aylantirgan murabbiy Dilshod Nuraliyev O‘FF qarori haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov yoshi kichraytirilgan futbolchilarni umrbod futboldan chetlashtirishga qaror qilgan edi. Ular orasida ikki nafar 2012 yilgi Osiyo chempionatida o‘ynagan futbolchi borligi e’lon qilingan, ammo Nuraliyevning aytishicha, qit’a chempioni bo‘lgan futbolchilar orasida Zokir Ahmadaliyev yo‘q.

«O‘FF qarorini eshitib, g‘alati ahvolga tushdim. Chunki umrbod futboldan chetlatilgan futbolchilarning ko‘pchiligini taniyman va inson sifatida qattiq hurmat qilaman. Ammo bu — ularning xatosi. Balki shaxsan ularning emas, ehtimol ota-onasi, murabbiyi yoki yon-atrofdagi boshqa odamlarning noto‘g‘ri maslahati mahsuli bu. Chunki yosh kichraytirish bir kunmas-bir kun albatta fosh bo‘lishi aniq.

Ulug‘bek Davlyatov va Zokir Ahmadaliyev (aslida ularning asl ismlari Nuriddin Hasanov va Dilshod Ahmadaliyev bo‘lib chiqdi. Izoh — tahririyatniki) «Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Ammo menimcha, ularning yoshi kichraytirilganini hatto murabbiyi Lushchan ham bilmagan. Chunki buni tekshirish va aniqlash oson emas.

Osiyo chempioni bo‘lgan yigitlar ichida Ulug‘bek Davlyatov bor edi, ammo Ahmadaliyev tarkibga kira olmagan.

Internetda o‘qidim — Davlyatov jahon chempionatida qatnashgan deb yozishibdi. Ammo uning yoshi kichraytirilgani chempionatga ketish oldidan, hujjatlar topshirish vaqtida oshkor bo‘lgan va u jahon birinchiligiga olib ketilmagan edi.

Umrbod futboldan chetlashtirish — og‘ir jazo. Chunki bu yerda nafaqat futbolchi, balki murabbiylarning ham bir necha yillik mashaqqatli mehnati bor. Bir bolaning futbolchi bo‘lib yetishishi, terma jamoa tarkibidan o‘rin olishi oson emas. Yillar davomida qilingan mehnat bir pul bo‘lishi albatta, achinarli. Ammo federasiyaning yosh kichraytirish muammosi bilan bog‘liq islohotlarini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Chunki bu futbolimizda yillar davomida juda chuqur ildiz otgan eng og‘riqli muammolardan biri. Unga qarshi kurashda esa qurbonliklar bo‘lishi tabiiy», — dedi Dilshod Nuraliyev «Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga bergan intervyusida.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 17:50, 10.01.2018.
O'qildi: 10844 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.