Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

“Qo‘qon-1912” o‘rinbosarlari nazorat o‘yinida maydonga tushishdi

“Qo‘qon-1912” o‘rinbosarlari nazorat o‘yinida maydonga tushishdi

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" futbol klubining o‘rinbosarlar tarkibi yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ko‘plab yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar. O‘tgan mavsumda bronza medallarini qo‘lga kiritgan yoshlarimizdan , bu yil ham muxlislarimiz yaxshi natija kutishlari tabiiy hol. Buning uchun murabbiylarimizdan katta mehnat talab qilinadi.

Bugun Qo‘qondagi "Kimyogar" stadionida M Nizomiddinov shogirdlari nazorat o‘yinini o‘tkazishdi. Raqib sifatida tajribali  Bahrom Hakimov boshchiligidagi Yaypanning "Turon" jamoasi tanlab olingan edi. Uchrashuv qiziqarli va tomoshabop tarzda o‘tdi. Dastlab Yaypanlik  futbolchi Asadbek Komilov  hisobni ochgan bo‘lsa, 2-taymda Abror Rahmonov penaltidan gol kiritib o‘rtadagi muvozanatni tikladi.  Shundan keyin har ikkala jamoa vakillari harchand urinishmasin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Uchrashuv 1-1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Muhsin Nizomiddinov bugungi bahsda jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan 30 dan ortiq futbolchilarga o‘ynash imkoniyatini berganligini alohida ta’kidlash lozim.

 O‘rtoqlik uchrashuvi.

"Qo‘qon-1912" (o‘rinbosarlar) - "Turon" (YAypan)  1-1.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 12:29, 11.01.2018.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.