Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Paxtakor” OCHL-2018ga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Paxtakor” OCHL-2018ga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini 3ta klub himoya qiladi. Osiyo Chempionlar ligasi-2018da “Lokomotiv” ishtirokini guruh bosqichidan boshlasa, “Nasaf” hamda “Paxtakor” klublari pley-off bosqichida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari lozim bo‘ladi.

Ayni paytda har uchala klub ham nufuzli musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi “Lokomotiv" 9 yanvardan BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshladi. “Temiryo‘lchilar” Dubayda 23 yanvarga qadar yig‘in o‘tkazadi va kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib boradi. “Loko” shuningdek mazkur yig‘in davomida 4ta nazorat bellashuvi o‘tkazishni ham rejalashtirgan.

Qarshining “Nasaf” klubi ham 9 yanvardan e’tiboran qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini xorijda davom ettirmoqda. Qarshiliklar Turkiyaning Belek shahrida 22 yanvargacha shug‘ullashadi. Murabbiylar shtabi Turkiyaga 23 nafar futbolchini olib ketishdi. Xorijiy yig‘in davomida ham safga yangi futbolchilar qo‘shilishi kutilmoqda. “Nasaf” 23 yanvar kuni Qarshiga qaytib keladi va 30 yanvarda bo‘ladigan pley-off uchrashuviga tayyorgarlikni uyda davom ettiradi.

Yana bir pley-off bosqichida qatnashadigan klubimiz – “Paxtakor” esa 3 yanvar kuni Belekda yig‘in boshladi. “Sherlar”ning ushbu xorij yig‘ini 21 yanvargacha davom etadi. Yig‘inga 25 nafar futbolchi olib ketgan “Paxtakor” 4ta nazorat bellashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Ularning dastlabkisida “Paxtakor” Turkiya uchinchi liga ishtirokchisi “Turgutluspor”ga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:20, 11.01.2018.
O'qildi: 5345 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.