“Arsenal” yarim himoyachisi Jek Uilsherning “Chelsi”ga qarshi uchrashuv (0:0) da olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. 26 yoshli Uilshir o‘yinning 57-daqiqasida almashtirilgandi.
“Meni qo‘llab turgan barchaga minnatdorchiligimni bildiraman. Yaxshi xabar shuki, ikki kundan keyin yana futbol o‘ynay olishim mumkin”, – deya yozdi Uilsher tvitterdagi sahifasiga.
O‘yindan so‘ng “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger Uilshir to‘piq suyagidan jarohat olgani va 14 yanvar kuni APLning 23-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi haqida aniq ma’lumot bermagandi.