Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

OFK U23. O‘zbekiston Xitoyni mag‘lub etdi

OFK U23. O‘zbekiston Xitoyni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun guruh bosqichining 2-turiga start berildi. Birinchi o‘yinda Qatarga yutqazib qo‘ygan O‘zbekiston terma jamoasi mezbon olimpiyayailariga qarshi maydonga chiqdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Ravshan Haydarov shogirdlari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Javohir Siddiqov o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi va uni O‘rinboyev egallab, jamoadoshiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, to‘pga birinchi bo‘lib yetgan kelgan Alijonov 16 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan, ammo aniq zarba bilan darvozaning olis burchagini ishg‘ol qildi.

Tanaffusga qadar futbolchilarimiz ishonchli himoyalanib, bitta to‘p ustunligini saqlab qolishdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar to‘la ustunlikka ega bo‘lishdi. Vakillarimiz asosan himoyalanishdi. Mezbon hujumlari 1-2ta vaziyatda darvozamiz tomon aniq zarba bera olishmadi. Ba’zi pallalarda esa raqib jamoa o‘zbekistonliklarga qarshi hujum tashkil qilish imkoniyatini berdi, ammo vakillarimiz ular orqali raqib darvozasi tomon xavf yarata olishmadi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4 daqiqaning eng so‘nggi soniyasi yakunlanayotgan paytda Vei Shihao maydon markazidan katta tezlikda oldinga bordi va 20 metrlardan zarba berdi. To‘p, baxtimizga, darvozasi to‘siniga tegib, maydonni tark etdi.

Qiyin kechgan mana shunday uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkosini 3taga yetkazib qo‘ydi. Jamoamiz navbatdagi o‘yinni 15 yanvar kuni Ummonga qarshi o‘tkazadi.

OFK U23 OCH, "A" guruhi. 2-tur
O‘ZBEKISTON - XITOY - 1:0 (1:0)
Gol: Hojiakbar Alijonov (14)
Ogohlantirishlar: Rustam Ashurmatov (57), Abbos Otaxonov (68) — Xuan Jeng Yuang (86)
O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Abbosxon Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniyev, Odilbek Hamrobekov, Dostonbek Tursunov, Doniyor Narzullayev (Bobur Abduxoliqov 90+2), Doston Hamdamov (Oybek Rustamov 73), Javohir Siddiqov (Jasur Yaxshiboyev 66), Zabihillo O‘rinboyev .
Xitoy: Jou Yuchen, Li Siaoming, Gao Junyi, Yao Yunsheng (Tang Shi 46), Vei Shihao, He Chao, Li Hailong, Li Shuai, Yang Li-YU, Liu Yiming, Ba Dun (Jang Yunin 77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:55, 12.01.2018.
O'qildi: 11012 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик