Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Hafta o‘yinlari: Klopp Gvardiolaga qanday sovg‘a hozirlayapti?

Hafta o‘yinlari: Klopp Gvardiolaga qanday sovg‘a hozirlayapti?

Baho:
+ | -

“Erudit SPORT” nashri tomoshabop o‘tishi kutilayotgan quyidagi to‘rt kubok to‘qnashuvini o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

№4-match: “Bayer-04” – “Bavariya”

12 yanvar, juma, soat: 00:30

TV-translyasiya: Futbol 3

O‘zaro uchrashuvlar:

11 G‘ALABA 10 DURANG 32 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Bayer-04” – “Bavariya” 0:0 va 1:3

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Bayer-04” – “Bavariya”

266,40 million yevro VS 643,25 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

“Bayer” oxirgi o‘n to‘rt mavsumdagi eng yomon natijani (12-o‘rin) qayd etgach mutasaddilar jamoaning mavqeini tiklashni Xayko Xerrlixga ishonib topshirdi. Buni qarang-ki, “Farmasevtlar” yana raqiblariga bosh-og‘riq bo‘lyapti. Birgina misol: leverkuzenliklarning mag‘lubityasiz o‘yinlar seriyasi o‘n ikki o‘yinga yetgan. “Bavariya”da esa to‘rt turdan buyon yutqazmayapti. Negadir Yupp Xaynkes boshqaruvidagi jamoada gollar qurg‘oqchiligi kuzatilyapti. “Nemis mashinasi” to‘rt to‘qnashuvning uchtasida kichik hisobda g‘alaba qozongan. “Sherlar” birinchi davrada, mavsumning ilk matchida “Bavariya” bilan yuzlashganida uch ochkoni boy bergandi. Mutaxassis Xayko Xerrlix ham bir toshga ikki marta qoqilishni istamaydi. Qolaversa, muxlislari ko‘z o‘ngida mag‘lubiyatga uchramagan jamoa myunxenliklarga osonlikcha taslim bo‘lmaydi.

 

№3-match: “Real” Madrid – “Vilyarreal”

13 yanvar, shanba, soat: 20:15

TV-translyasiya: UzReport TV

O‘zaro uchrashuvlar:

21 G‘ALABA 10 DURANG 3 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Real” Madrid – “Vilyarreal” 1:1 va 3:2

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Real” Madrid – “Vilyarreal”

858,50 million yevro VS 196,20 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Joriy mavsumda “Real” osmonini tez-tez qora bulutlar qoplayapti. Hozir ham jamoa ustozining ishlari besh emas. Chempionat karvonboshisi “Qirollik klubi”dan o‘n to‘rt ochkoga ilgarilab ketgan, to‘qqiz o‘yinda darvozasidan gol o‘tkazib yubordi, yana Ronaldu ketamanga tushgan. Xullas, Zidan hal qilishi lozim bo‘lgan muammolar yetarlicha. “Vilyarreal” postini egallab turgan Xavyer Kalyexa avvalgi hamkasblaridek mavjud resurslarni to‘g‘ri taqsimlash ustida bosh qotiryapti. Buni Primeraning 11 matchida uddasidan chiqdi (8 g‘alaba va 3 durang). Ammo yana olti turda “Sariq submarina” yengildi. O‘zaro uchrashuvlarga ko‘ra, “Vilyarreal” mezbonlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi: madridliklar so‘nggi o‘n besh ochkolik imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘argan. Boshqacha aytganda, maydon egalari so‘nggi besh bahsning uchtasida g‘alabadan mosuvo bo‘lgan.

 

№2-match: “Chelsi” – “Lester Siti”

13 yanvar, shanba, soat: 20:00

TV-translyasiya: Futbol TV

O‘zaro uchrashuvlar:

38 G‘ALABA 23 DURANG 18 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Chelsi” – “Lester Siti” 3:0 va 2:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Chelsi” – “Lester Siti”

681,75 million yevro VS 257 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Mutaxassislar Antonio Konte hamda Klod Pyuel Premyer liga doirasida uchinchi marta uchrashyapti. Yodingizda bo‘lsa, hamkasblar o‘rtasidagi avvalgi “Duel” o‘tgan mavsumda, Pyuel “Sautgempton”ni shug‘ullantirganida yuz bergan. O‘shanda italiyalik “Maestro”ning qo‘li baland kelgandi. Uchinchi o‘yinda fransiyalik murabbiy g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira olarmikan? Vaholanki, “Aristokratlar” so‘nggi olti o‘yinda o‘n to‘rt ochko jamg‘ardi, “Stemford Brij”dagi yetti matchda raqiblarini yer tishlatdi. O‘z navbatida, “Tulkilar” barqaror o‘yin namoyish etmayapti: sakkiz turda uch ochko ishlagan va yana shuncha bahsda uch ochkoni raqibiga qo‘sh-qo‘llab topshirgan. Xususan, keyingi olti bellashuvda o‘n bir ochkoni “boshiga yetgan”. Qisqasi, “Lester Siti” uchun motivasiya vazifasini o‘taydigan faktlar bisyor. Bu esa “Aristokratlar” va “Tulkilar” o‘rtasidagi to‘qnashuv tomoshabop o‘tishiga ishora.

 

№1-match: “Liverpul” – “Manchester Siti”

14 yanvar, yakshanba, soat: 21:00

TV-translyasiya: Futbol TV

O‘zaro uchrashuvlar:

77 G‘ALABA 40 DURANG 42 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Liverpul” – “Manchester Siti” 1:1 va 0:5

Imkoniyat: 35/25/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Liverpul” – “Manchester Siti”

676 million yevro VS 782,50 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

 Dastlabki davrdagi nokautni “Liverpul” ishqibozlari unutganicha yo‘q. O‘sha “tarsaki” murabbiy va o‘yinchilarning ham yodidan ko‘tarilmagan. Nemischa hisob-kitobga usta Yurgen Klopp raqibiga qanday sovg‘a hozirlab qo‘ygan? Ta’kidlash kerakki, “Shaharliklar”ning har bir g‘alabasi ularni chempionlik sari yaqinlashtiryapti, bir vaqtning o‘zida ta’qib qilayotgan jamoalardan uzoqlashtiryapti. Hozichra Premyer ligada “Manchester Siti”ning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladigan jamoa topilmadi: 22 matchda 20 g‘alaba, 2 durang. “Liverpul” bunday natijadan yiroqda, ammo o‘z uyida raqiblariga non qoldirmaydi. Masalan, joriy mavsumda “Qizillar” maydoniga, “Enfild”ga safar uyushtirgan jamoalar ortga uch ochko bilan qaytmagan. Ustiga-ustak, mezbonlar darvozasiga to‘rt jamoa yo‘l topgan xolos. Xo‘sh, “Siti” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan olib, uyiga quruq qo‘l bilan jo‘naydimi yoki “Liverpul”ning o‘n bir o‘yindan iborat mag‘lubityasiz seriyaga nuqta qo‘yiladi? Ushbu savolga yakshanba oqshomida javob topamiz.

Ulug‘bek RAHMONQULOV, «Erudit SPORT» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 21:58, 12.01.2018.
O'qildi: 7686 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.