Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Sardor Mirzayev: «Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz»

Sardor Mirzayev: «Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlikni BAAning Dubay shahrida davom ettirmoqda. "Temiryo‘lchilar" jamoasi yetakchilaridan biri –  Sardor Mirzayev  "Loko"ning ilk xorij yig‘ini qanday o‘tayotgani xususida klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

— Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik olib boryapmiz. Ayni paytda mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan o‘tkazilmoqda. Dastlab taktik mashqlar bajarilayotgan bo‘lsa, tushdan so‘ng trenajyor zalida va qum ustida shug‘ullanyapmiz. Asosiy urg‘u esa jismoniy holatni tezroq tiklash va yaxshi sport formasiga kirib olishimizga qaratilmoqda. Zero, Chempionlar Ligasi start olishiga ham roppa-rosa 1 oy vaqt qoldi, xolos. Shu sababli tayyorgarlikka zo‘r berganmiz. Yangi mavsumda ham ichki musobaqalarda, ham xalqaro maydonda zafarli yurishlarni amalga oshirmoqchimiz. Bunda esa mavsumoldi yig‘inlari muhim ahamiyat kasb etadi. Dubaydagi ilk xorij yig‘inimiz ancha yaxshi o‘tmoqda. Bu yerning ob-havosi qishda yig‘in o‘tkazish uchun juda qulay. Qolaversa, dunyoning ko‘plab jamoalari shu yerda yig‘in o‘tkazadi. Shuning uchun ham o‘rtoqlik o‘yinlari uchun sparring raqib topish umuman muammo tug‘dirmaydi, — deydi mahoratli futbolchi.   

Ta’kidlab o‘tamiz, 23 yanvarga qadar Dubayda shug‘ullanadigan "temiryo‘lchilar" u yerda 4ta nazorat uchrashuvi o‘tkazishadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:16, 12.01.2018.
O'qildi: 3715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.