Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» tarkibiga rossiyalik futbolchi qo‘shildi

«Navbahor» tarkibiga rossiyalik futbolchi qo‘shildi

Baho:
+ | -

Bugun «Navbahor» tarkibiga rossiyalik futbolchi Yanis Linda kelib qo‘shildi. 1994 yilning 1 martida tug‘ilgan Yanis Moskvaning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Linda maydonda qanot himoyachisi sifatida to‘p suradi.

Ilhom Mo‘minjonov klub matbuot xizmatiga futbolchini himoyaning har ikki qanotida ham harakat qila olishini bildirdi. Shuningdek, Mo‘minjonov rossiyalik legioner ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, “Navbahor” a’zosiga aylanishini ma’lum qildi. Shu o‘rinda himoyachining bo‘yi 187 sm. ekanligini qo‘shimcha qilish joiz.

Futbolchi 2017/2018 yilgi mavsum birinchi yarmini Novomoskovskning “Ximik” jamoasi safida o‘tkazgan. Ushbu klub Rossiya ikkinchi divizionining “Markaziy” mintaqasida ishtirok etmoqda. Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Linda futbolchilik faoliyatini 2011 yili Naberejniye Chelni shahrining “Kamaz” klubida boshlagan. 2012/13 yilgi mavsumni esa “temiryo‘lchilar” tarkibida o‘tkazgan himoyachi 2013 yildan 2016 yilgacha Liskining “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilgan. 2016/17 yilgi mavsumni Tulaning “Arsenal” klubida o‘tkazgan.

“Navbahor” FK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:51, 13.01.2018.
O'qildi: 4921 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик