Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Leonardo Bonuchchi 2018 yildan umidvor

Leonardo Bonuchchi 2018 yildan umidvor

Baho:
+ | -

2017 yilning ikkinchi yarmi «Milan», ayniqsa, uning yangi sardori Leonardo Bonuchchi uchun juda omadsiz o‘tdi.

Yozgi transferlar mavsumida katta xarajat qilgan klub buning samarasini hali ko‘rganicha yo‘q, «Yuventus» safida sovrinlarga ko‘milgan himoyachi esa Milanda ishonchni sira oqlamayapti.

Ammo u yaqin kelajakka katta umid bilan qaramoqda. Leonardo xususan, klub jurnali muxbirlari bilan suhbat chog‘i yangi yilda hammasi izga tushishidan umidvor ekanligini alohida ta’kidladi.

- Avvalo, Rojdestvo bilan bog‘liq ilk xotiralaringizni esga olsak...

- Bu bayramni har doim oila davrasida, ota-onam bilan o‘tkazardik. Odatda uyimizda 20-25 kishi to‘planardi va 3 kun davomida stol atrofidan ketmasdik: tinmay ovqatlanardik, o‘ynab-kulardik (kuladi). Qisqasi, Rojdestvo - oilaviy bayram. Ammo ulg‘aygan sari oilam va yaqinlarimga yetarli vaqt ajratolmay qoldim.

Shu bois, oxirgi yillarda bayramni ba’zi-ba’zida birga nishonladik, xolos. Asosan yozgi ta’til vaqti birga dam olamiz. Futbolchining hayoti juda go‘zal, ammo ko‘pincha ko‘p narsadan voz kechishingga to‘g‘ri keladi. 

Shuningdek, charchoq alomatlarini yo‘qotish uchun dam olishing kerak. Xullas, Rojdestvo munosabati bilan berilgan 5-6 kunlik ta’tilni ham imkon qadar osuda o‘tkazishga intildim.

- Bu safar Italiyada hattoki, bayram kunlariga ham o‘yinlar belgilandi. Ushbu g‘oyaga qanday qaraysiz?

- Bayram kunlari o‘ynash qiziqish uyg‘otdi. Ochig‘i, futbolchilar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Axir odamlar oila bo‘lib, stadionga talpinishadi. Shunga mos ravishda chiroyli o‘yin ko‘rsatilsa, bas. Umuman, bunday taqvim chempionat foydasiga ishlashi mumkin.

Deylik, Angliyada futbolchilar Roj-destvo kunlari deyarli har 48 soatda maydonga tushishadi. O‘ylashimcha, mazkur yangilik muxlislarda futbolga qiziqishni yanada oshiradi.

- Joriy mavsum siz uchun omadsiz davom etyapti. Eslasak, «Yuventus»dagi debyut mavsumda ham ishlaringiz uncha yurishmagandi...

- Ha, mavsum ko‘p jihatlari bilan o‘sha davrni esga solyapti. Startdagi katta ishtiyoq, ko‘plab yangi futbolchilar... Bitta farq bor - boshlanish marrasi. Chunonchi, «Yuve» dekabr oyida yetakchilar safida edi. Tushunish qiyin holat esa yanvarda boshlangan.

«Milan» esa start chizig‘idayoq muammolar girdobida qoldi. Yangi jamoa tuzish oson emas, albatta. Demoqchimanki, bizga o‘zaro tushunib o‘ynashni izga solish uchun vaqt yetishmadi, omad ham... Ammo ishonchim komil, «Milan»ni o‘ziga munosib mavqega olib chiqamiz hali.

- Futbolchi uchun nima muhimroq: fikrlashmi yoki jismoniy tayyorgarlik? Gattuzoning baholashicha, ikki jihatning nisbati  teng - 50ga 50.

- Menimcha, og‘ir vaziyatlarda fikr yuritish muhimroq. Ha, tan olaman, «Milan»dagi faoliyatimni miyam turli g‘oyalarga to‘lib ketgani va jismoniy tayyorgarligim yuqori emasligi tufayli anchayin og‘ir boshladim.

Diskvalifikasiyadan so‘ng har ikki yo‘nalishda alohida ish olib bordim va shundan keyingina o‘z darajamga yaqinlashdim. Umuman olganda, Gattuzoning fikriga qo‘shilaman: fikrlash va jismoniy kuch birdek muhim. Ammo murakkab vaziyatlarda aynan fikrlash tezligi maqsadga yetishda qo‘l kelishini unutmaslik kerak.

- Odatda maydonda bor diqqatni o‘z ishingizga qaratasiz. Uyga qaytgach, o‘yin yoki mashg‘ulotni uzoq tahlil qilasizmi yoki...?

- Hammasi natijaga bog‘liq (kuladi). So‘nggi  paytlar tahlilga ko‘p vaqt ketyapti. Zero, avvalo, o‘zim yaxshi o‘ynamoqchiman, shu asnoda  jamoaga kutilgan darajada yordam berishim mumkin. Avvallari asosan salbiy jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratardim.

Hozir esa muayyan vaziyatlarda yanada aniqroq va mas’uliyatliroq to‘p surishim mumkin bo‘lgani haqida o‘ylayman. To‘g‘ri, bir necha soatdan keyin hammasini unutaman. Axir keyingi bahs muhimroq sanaladi. Umuman, o‘yindan so‘ng uxlashim juda qiyin...

- Aytingchi, qanday otasiz, farzandlaringizga yetarli vaqt ajrata olyapsizmi?

- Turmush o‘rtog‘imning aytishicha, o‘ta qattiqqo‘lman. U bolalarimizga shundoq ham kam vaqt ajratayotganimni ta’kidlab, yumshoqroq munosabatda bo‘lishim kerakligini tez-tez takrorlaydi. Ammo ularga o‘zim voyaga yetgan muhitdan kelib chiqqan holda tarbiya berishni ma’qul ko‘raman.

Farzandlarim munosib ta’lim olishlari, hammasiga e’tiborli bo‘lgan holda, turli sinovlarga tayyor turishlarini xohlayman. Birga dam olish va o‘ynash imkoni topilganida esa, har doim darvozadan joy olaman. Ular shunda gol urib, xumordan chiqishadi (kuladi).

- Futbol sizga nima berdi-yu, nimalardan mahrum qildi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 14.01.2018.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.