Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston texnik ko‘rsatgichlar bo‘yicha atigi 12-o‘ringa loyiqmi?

O‘zbekiston texnik ko‘rsatgichlar bo‘yicha atigi 12-o‘ringa loyiqmi?

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) a’zo mamlakatlar federasiyalari yangi texnik reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 37,478 ball bilan atigi 12-o‘rinni band etib turibdi.

«G‘arb» mintaqasida esa 7-pog‘ona bizga tegishli. Mazkur reytingni Xitoy boshqarib bormoqda - 96,241 ball. 2-qatordagi BAA hisobida 94,793 ball bor. Qatar (93,033 ball)ning kuchli uchlikdan joy olgani ham diqqatga sazovor.

O‘zbekiston bir oycha oldin ham texnik reyting jadvalida 9-o‘rinni egallab turgandi. Biroq dekabr yakunlari bo‘yicha Tailand, Iroq va Tojikiston bizdan o‘zib ketdi.

To‘g‘ri, klublarimiz shu oy oxiridan ochko jamg‘arishni boshlaydi. Ishonamizki, tez orada yana yuqori sakkiztalikka qaytamiz.

Ma’lumotuchunaytish kerak, OFK texnik reytingi 2ta asosga ega. Ya’ni jadvaldagi ballning ma’lum foizi terma jamoalarning FIFA reytingidagi ochkosi ulushi bo‘lsa, katta qismi klublarning OCHL va OFK kubogida jamg‘argan ochkolari uchun berilgan.

Alohida eslatma, yakuniy texnik reyting 2019-2020 yillarda o‘tkaziladigan OCHL va OFK kubogi yo‘llanmalari taqsimotiga bevosita ta’sir qiladi.

Aytgancha, 2017 yildan oldin mazkur reytingda terma jamoalar ulushi kattaroq edi - FIFA reytingidagi ochko 30 foiz ballni tashkil etardi. Misol uchun, ayni payt Eron termasi FIFA reytingida Osiyoning peshqadam vakili hisoblanadi.

Forslar 798 ochkoga egalar. Buning uchun texnik reytingda Eron hisobiga shartli ravishda 10,0 ochko (maksimal) yozilgan. Xo‘sh, O‘zbekiston milliy jamoasi texnik reytingga necha ball keltirgan?

Formula juda oddiy: FIFA reytingidagi 441 ochko peshqadam - Eron termasi hisobidagi ochkolarning 10 foizi (79,8)ga bo‘linadi. Natija - atigi 5,526 ball.

*** OCHLda ishtirok etgan klublar balli quyidagi asosda chiqariladi: guruh bosqichi - g‘alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko, «pley off» bosqichi - 3 ochko (har bir klub uchun). Yakunda to‘plangan jami ochko bitta assosiasiya vakillari soniga bo‘linadi.

*** Osiyo kubogida qatnashgan terma jamoalar ulushi: guruh bosqichidagi g‘alaba uchun 1 ball, durang uchun 0,333 ball, «pley-off»ga chiqqani uchun 1 ochko.

*** OCHL saralashi «pley-off» bosqichidagi ishtirok uchun 0,3 ochko, g‘alaba uchun 0,3 ochko (penaltilar seriyasi orqali yutsa ham), durang uchun 0,15 ochko beriladi.

*** Osiyo kubogi saralash bosqichidagi ishtirok uchun 0,1 ochko, g‘alaba uchun 0,1 ochko (penaltilar seriyasi orqali yutsa ham), durang uchun 0,05 ochko beriladi.

2017 yili vakillarimiz OCHLda omadsiz ishtirok etishgani bois, atigi 5,05 ball oldik. Misol uchun, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:11, 14.01.2018.
O'qildi: 4108 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.