Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

2017 yilning eng kuchli milliy chempionatlari e’lon qilindi. O‘zbekiston chempionati yuqoriladi

2017 yilning eng kuchli milliy chempionatlari e’lon qilindi. O‘zbekiston chempionati yuqoriladi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi markazi IFFHS 2017 yilning eng yaxshi milliy chempionatlarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Reytingga ko‘ra Ispaniya chempionati 2017 yil dunyoning eng yaxshi ligasi deb topildi. IFFHS talqiniga ko‘ra La-liga bu borada 2010 yildan beri tengsiz bo‘lib kelmoqda.

Angliya premyer-ligasi 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana 2-pog‘onaga qaytdi. Bir yil oldingi reytingda 7-o‘rinda qayd etilgan Braziliya A seriyasi 2017 yilda 3-o‘rinda qayd etildi. Italiya A seriyasi 4ta o‘rin yuqorilab 4-o‘ringa chiqib oldi. Fransiya chempionati keyingi o‘rinni band etdi. Germaniya bundesligasi esa reytingda 8-o‘rinni egallab, 1991 yildan buyon eng yomon natijani qayd etdi.

Shuningdek kuchli o‘nlikdan Paragvay chempionati (2016 yilda 17-o‘rindan bu yil 9-o‘ringa ko‘tarilgan) va Rossiya premyer-ligasi (10ta o‘rin yuqorilab kuchli 10-o‘rin) o‘rin oldi.

Osiyoda Janubiy Koreya Key-Ligasi qatorasiga yettinchi yil qit’ada tengsiz bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni chempionati qayd etilgan. Yaponiya J-ligasi 9ta o‘rin ko‘tarilib olgan bo‘lsa, O‘zbekiston Oliy ligasi dunyoda 70-pog‘onada (o‘tgan yili 78-o‘rin) qayd qilingan. Bu Osiyoda 8-o‘rin degan. Oliy ligadan oldingi o‘rinlarda Xitoy, Eron, Tailand va BAA chempionatlari ham bor. O‘zbekistondan pastda esa Qatar, Avstraliya, Iroq va Suriya kabi mamlakat chempionatlari joy olgan.  

Ma’lumot uchun, IFFHS bu reytingi chempionatning eng kuchli 5ta klubining ichki va xalqaro musobaqalardagi natijalaridan kelib chiqib olib boriladi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 19:39, 14.01.2018.
O'qildi: 8277 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.