Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -2

Serbiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Slavolyub Muslin O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Serbiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lgan. Hozircha uning shartnoma muddati va shartlari borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Yaqin 48 soat davomida O‘zbekiston terma jamoasining yangi murabbiyi tanishtirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi o‘z terma jamoasi bilan 2018 yilgi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, ammo terma jamoada faoliyatini to‘xtatgan murabbiy bosh murabbiylikka tayinlanishi mumkinligini bildirgandi. Shuningdek dekabrda e’lon qilingan nomzodlar orasida ham aynan Muslin nomi tilga olingan.

Ma’lumot uchun, Slavolyub Muslin boshchiligidagi Serbiya terma jamoasi Yevropa mintaqasi saralash bosqichi o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo o‘tgan yilning oktyabrida Serbiya futbol federasiyasi bilan fikri bir joydan chiqmay qolgan Muslin ikki tomon kelishuviga binoan iste’foga chiqqandi.

O‘tgan yil so‘ngida Muslinga Bosniya va Gersegovina terma jamoasini boshqarish taklifini bildirishgan, biroq 64 yoshli mutaxassis bu taklifga rad javobini berib, buni quyidagicha izohlagandi: «Birinchi bo‘lib Bosniya futboli rahbarlaridan telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Ammo bu taklifni rad etib, ularga yaxshisi boshqa murabbiy bilan aloqaga chiqishni maslahat berdim. Menga hozir Bosniyadan ko‘ra, qiziqarliroq bo‘lgan terma jamoalardan takliflar bo‘lmoqda», degandi Muslin.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 16:35, 15.01.2018.
O'qildi: 28734 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.