Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi

Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi

Baho:
+4 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirildi. 

Samvel Babayan “Paxtakor” futbol klubida faoliyat borgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritgani aniqlandi. U jamoa tepasiga yangi rahbariyat kelayotganidan xabar topgach, klub bilan bitimi 2018 yil so‘ngiga qadar bo‘lgan futbolchilar shartnomasini 2017 yil qilib o‘zgartirgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — yil so‘ngida erkin agentga aylanadigan futbolchilarni xorijiy klublarga sotib, moddiy manfaat ko‘rish bo‘lgan.

Aynan mana shu manfaat ta’sirida u mamlakatning bosh jamoasini ham ko‘ngildagidek boshqara olmadi hamda futbolchilarga bo‘lgan noxolis munosabati sabab, terma atmosferasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Samvel Babayan termaga nomzodlarni saralab olishda asosan o‘ziga ma’lum futbolchilar bilangina ishlagan hamda barcha klublarga teng munosabatda bo‘lmagan. Shuningdek, tajribali murabbiy hamda mutaxassislarning fikr va tavsiyalarini inobatga olmagan.

O‘FF Iroqo‘mi Samvel Babayanning 2018 yilgi Jahon Chempionatining saralash o‘yinlari davomida tartib-intizomni yo‘lga qo‘ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani, ishiga mas’uliyatsizlarcha yondoshib, o‘zbek futbolining yuzi bo‘lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo‘ldi, deb hisoblaydi.

Ma’lum bir futbolchilarni xorij klublariga sotish va moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, garchi ularning saviyasi talabga javob bermasa ham, doimiy ravishda muhim o‘yinlarda milliy terma jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushirishni oqlash qiyin. Ayniqsa bu kabi ishlar bosh jamoa natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa.

Bundan buyon O‘zbekiston futbolidagi har bir murabbiy o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mas’uliyatni chuqur anglagan holda, faoliyat yuritadigan jamoalarida tartib-intizomni yo‘lga qo‘yib, futbolchilarning holatini nazorat qilib borishi va natija uchun javobgarlikni his etishi talab qilinadi.

Futbol sohasidagi har bir murabbiy va mutaxassis faoliyati O‘FF tomonidan asosli tarzda o‘rganib chiqiladi va tegishli choralar ko‘rib boriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:51, 15.01.2018.
O'qildi: 18981 marta.
Fikrlar: 62 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.