Italiyaning “Milan” klubi sport direktori Massimiliano Mirabelli hujumchi Andre Silva bilan shartnoma bekor qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
“Bilaman hozir Andrega oson emas, lekin u bizga kerak. U yuqori iqtidor egasi. Biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Silva “Milan”da uzoq yillar qoladi”, - dedi Mirabelli.
Eslatib o‘tamiz, Silva “Milan”ga “Portu”dan 38 mln yevro evaziga qo‘shilgandi.