Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum

Baho:
+ | -

Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta chorak finalga chiqqani haqida xabar qilgandik.

Terma jamoamizning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi. "B" guruhida yakuniga yetgan 3-tur o‘yinida Yaponiya KXDR terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 9 ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

19 yanvar kuni Osiyo chempionati chorak finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "A" guruhining 2-o‘rindagi jamoasi sifatida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning dekabr oyida Taylandda bo‘lib o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Ravshan Haydarov shogirdlari aynan mana shu Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang qayd etishgandi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni ishonchli o‘yin namoyish qilib, vakillarimiz Xalqaro musobaqa g‘olibiga aylanishgandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:22, 16.01.2018.
O'qildi: 17261 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик