Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi

Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi

Baho:
+-1 | -

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida navbatdan tashqari hisobot-saylov bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylash va Qo‘mitaning vise-prezidentlari hamda Ijroiya Qo‘mitasi tarkibini tasdiqlashdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Jismoniy tarbiya va sport Davlat Qo‘mitasi raisi, sport federasiyalari va viloyatlardagi sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Shu paytga qadar Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Alisher Sultonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan MOQ yangi prezideti sifatida O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov saylandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi vise-prezidentlari Murod Azimov, Alisher Sultonov, Oybek Qosimov va Salim Abduvaliyev bo‘lishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi prezidenti Umid AHmadjonov yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Avvalom bor, Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan ushbu yuksak ishonch uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch va g‘ayratimni ishga solishga va’da beraman. Birgalikda O‘zbekistonda Olimpiya sport turlarini rivojlantirib, yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda, 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun astoyidil harakat qilamiz.

Yurtboshimizni sportchilarga ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklariga javoban, biz Prezidentimiz farzandlari Vatanimiz sharafini xalqaro sport arenalarida munosib himoya qilishga va nufuzini yanada oshirishga, erishgan yutuqlarimiz bilan xalqimiz va Yurtboshimizni xursand qilishga va’da beramiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:15, 17.01.2018.
O'qildi: 3233 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.