Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jalil Kimsanov: “Futbolimizdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman”

Jalil Kimsanov: “Futbolimizdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman”

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi ko‘rsatgan natijalarda o‘zining munosib ulushini qo‘shgan mohir himoyachi Jalil Kimsanov bilan o‘tgan mavsum yakunlari va futbolimizdagi islohotlar mavzusida suhbatlashdik.

-Jalil siz uchun o‘tgan mavsum qanday o‘tdi?

O‘tgan mavsum haqida eslasak jamoamiz uchun yaxshi o‘tdi deb o‘ylayman. Garchi yakunda o‘zimiz istagan o‘ringa ega chiqmagan bo‘lsakda , muxlislarimizni xursand qilgan kunlarimiz ko‘p bo‘ldi.O‘zimga kelsak mavsum boshidan murabbiylarimiz asosiy tarkibda menga ishonch bildirishdi. Qo‘limdan kelgancha ona shahrim sharafini himoya qildim. 2-davrani yarmidan keyin men turli jarohatlar sabab , ancha o‘yinlarni o‘tkazib yubordim.

Yaratganga shukr barchasi ortda qoldi. Hozir sog‘-salomatman, jamoamiz bilan birga mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kyapman.Maqsadim yangi mavsumda ilojini boricha jamoamga foydam tegsa, muxlislarni o‘zimni o‘yinlarim bilan xursand qilsam deyman.

-Futbolimizdagi o‘zgarishlar haqida ham fikringizni bildirsangiz.

Barcha sohalarda ham izlanish, yangilikka intilish bo‘lsa rivojlanish bo‘ladi. O‘FF rahbariyatini futbolimizga kiritayotgan yangi islohotlarini qo‘llab quvvatlayman. Bu o‘zgarishlar o‘zbek futbolining rivojlanishi , terma jamoalarimizning halqaro maydonlardagi natijalarini yaxshilanishiga xizmat qiladi degan umiddaman. Bizning muxlislarimiz ham jahon chempionatlarida o‘zimizning jamoamizga muxlislik qiladigan davrlar yaqinlashmoqda deb o‘ylayman.

Bizning jamoamiz ham kelayotgan mavsumda o‘zining tarixida yangi sahifa  yaratadi . Bunga ishonchim komil. Chunki No‘’mon Hasanov boshchiligida barcha murabbiy va futbolchilarimiz bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. O‘tgan yilgi tarkibimizning asosi bu yil ham saqlanib qolganligi esa jamoamizdagi ichki muhitning a’lo ekanligidan dalolat beradi.

Shu o‘rinda muxlislarimizga doim bizni qo‘llab kelayotganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kelayotgan mavsumda ham ular biz bilan doim birga bo‘lishlariga ishonaman - deydi J Kimsanov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:19, 17.01.2018.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.