Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Umid Ahmadjonov: Jurnalist biz ko‘rmayotgan jihatlarni ko‘rib turadi. Biz bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak

Umid Ahmadjonov: Jurnalist biz ko‘rmayotgan jihatlarni ko‘rib turadi. Biz bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Farg‘onaga tashrif buyurgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov nafaqat viloyat futboli rahbarlari bilan, balki OAV vakillari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuv davomida Ahmadjonov futbolni rivojlantirish masalasida jurnalistlardan ham o‘z yordamlarini ayamaslikni so‘radi. Mamlakat futbolidagi ayrim illatlarga qarshi kurashda O‘FF OAV yordamiga muhtoj ekani aytildi.

Endi murabbiylarning o‘zboshimchaligi, futbolchilar yoshini kichiklashtirish, kelishilgan o‘yinlar kabi illatlar bo‘lmasligi kerak. Bular bilan biz faqatgina o‘z oyog‘imizga bolta urishdan boshqa hech narsaga erishmaymiz.

Ko‘ryapmiz, futbolchilarni chetga sotishda ham o‘z manfaatidan voz kecha olmay, mamlakat futboliga qancha zarar keltirgan insonlarni. Ular faqat o‘zini o‘ylagan, nafsini xalqnikidan, manfaatini futbolnikidan ustun qo‘ygan. Ularning faoliyati o‘rganib chiqiladi va prokraturaga taqdim etiladi.

Shundan so‘ng O‘FF vakillari Farg‘onadagi futbolga ixtisoslashgan maktab-internetlardagi ayrim kamchiliklar haqida to‘xtalgan. Unda aytilishicha, bolalar sonining me’yoridan ko‘p ekani, ish oldinga siljishi uchun halal berishi mumkin. Ya’ni, bir murabbiy 30—35 nafar bolani nazorat qila olmaydi. Oqibatda esa sifat kamayib ketadi.

Bizga tanish-bilishlarning farzandi, falonchining o‘g‘li yoki jiyani kerak emas. Biz haqiqiy iste’dodlarning qadriga yetishimiz shart. Bunda songa ishlash yaramaydi, sifat doim birinchi o‘rinda bo‘lsin. 30 nafar bolani beiz yugurtirmay, 20 nafar talanti borlari bilan jiddiy ishlash kerak.

Kollej maydoni hashar yo‘li bilan qurilgan ekan, sport zali talab darajasida emas. Biz viloyati hokimi bilan gaplashdik, ular hamma sharoitni to‘g‘rilab berishga va’da berdilar. Shunday ekan, sifat haqida o‘ylashimiz lozim.

O‘FF rahbari maktab-internatlarga, akademiyalarga qabul jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashda OAV vakillaridan yordam so‘ragan.

Iloji bo‘lsa, qabul vaqtida hammangiz keling. Men o‘zim ham kelaman, har bir qabul jarayonida O‘FF vakillari bo‘ladi. Kim kelyapti, qanday qabul qilishyapti, nimalarni o‘zlashtirishyapti — hamma ko‘rishi kerak. Mana shunday e’tibordan keyin ham ko‘raylikchi, kim tanish-bilishini futbolga tiqishtirib, yana kimlar korrupsiyaga qo‘l urarkin.

Endi bu kabi masalalarni faqatgina bitta viloyat yoki shaharning o‘zi hal qilmaydi. Farg‘onadagi qabulga Jizzaxdan keladi, Jizzaxning o‘ziga Namangandan boradi. Xolislik bo‘lsin.

Umid Ahmadjonov federasiya tomonidan chiqarilgan qaror noto‘g‘ri bo‘lsa, uni to‘g‘rilashga tayyor ekani haqida aytib o‘tdi.

Jurnalist biz ko‘rmayotgan yoki sezmayotgan jihatlarni ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Bu albatta yaxshi. Marhamat, takliflarini bering, bizga ham chetdagilarning fikri qiziq. Tanqidlar o‘rinli bo‘lsa, ular ham o‘rganib chiqiladi.

Ammo hamma narsaga faqat tironoq ostidan qarab, muxlislarni yanada bezillatib qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Agar biz chiqarayotgan qaror noto‘g‘ri bo‘lsa, muxlislarni qaytarish uchun, futbolni rivojlantirish uchun undan voz kechishga ham tayyormiz. Bir yoqadan bosh chiqarib ishlasak bo‘lgani.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 10:17, 17.01.2018.
O'qildi: 2750 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.