Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Diyego Simeone: «Futbolsiz yashay olmasdim…»

Diyego Simeone: «Futbolsiz yashay olmasdim…»

Baho:
+ | -

Diyego Simeone 7 yildirki, «Atletiko»da. U mudom jangga alohida shaylantirishga ehtiyoj sezadigan jamoani binoyidek boshqarib kelmoqda.

Argentinalik mutaxassis uchrashuvlar davomida sira tinmaydi - bor ovozi bilan baqirib, shogirdlarini o‘zi xos usulda quvvatlantiradi.

Ehtirosli murabbiy Fransiyaning L`Equipe nashriga bergan intervyusida aynan yurish-turishi, o‘zini tutishi haqida ham gapirdi.

«FUTBOLCHINING ENG YAXSHI HOLATI - QO‘RQUV»

- «Atletiko» yakshanba kuni o‘ynamasa, odatda vaqtni qanday o‘tkazasiz?

- Qizim va turmush o‘rtog‘im bilan Madrid tevaragidagi ajoyib bir joyga boramiz. Kunni imkon qadar maroqli o‘tkazishga intilaman, ammo futboldan butunlay forig‘ bo‘lishning iloji yo‘q.

Chunonchi, «Atletiko» o‘ynamagan taqdirda o‘g‘lim Italiyada maydonga tushishi mumkin (Jovanni - «Fiorentina» hujumchisi). Shuningdek, boshqa bir qator o‘ta ahamiyatli o‘yinlar bo‘ladi.

Shunday ekan, dam olish kunlari ham futbolni miyamdan chiqarib qo‘yolmayman. Yon daftarcham doim qo‘limda, axir aynan bo‘sh payt yangi g‘oyalar tug‘iladi.

- Demak, futboldan hamisha huzurlanasiz...

- Ha, futbol maydonini shu qadar yaxshi ko‘ramanki, asti qo‘yavering... Tabiiyki, g‘alabadan o‘zgacha quvonaman, o‘yin-oldi hayajon jonu dilim.

Ochig‘i, har bir uchrashuv arafasida qo‘rquvni his qilaman. O‘zim maydonga tushgan paytlar ham shunday edi. Xotirjamlik, ya’ni qo‘rquv yo‘qligi - o‘ta xavfli. Futbolchi uchun eng yaxshi ruhiy holat ham aynan qo‘rquvdir. U shundagina nimalarga qodirligini ko‘rsata oladi.

- Maydon chetida doimo «to‘lib-toshishingiz» mohiyati nima?

- Murabbiyning harakati o‘yinchilarga ham yuqadi. Agarda u tinchlanib qolsa, bilingki, o‘yin ritmi, jamoasini yo‘qotadi.

- Ammo tinmay baqirishingiz sabab, futbolchilar asabiylashishlari mumkin-ku.

- Mutlaqo nohaqsiz! Shaxsiy tushunchamga ko‘ra, maydon chetidagi faolligim yigitlarga ham yuqadi. Qaysidir futbolchi borini bermayotganini ko‘rsam, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman - ichimda nimadir yonadi. Axir uning sustligi tufayli butun jamoa jabrlanishi mumkin-da.

- Futbolchilik faoliyatingizda xuddi hozirgi holatingizga o‘xshash murabbiy bilan ishlashni xohlaganmidingiz?

- Har doim nimanidir o‘rgatishga qodir murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanishni istaganman. Eng yaxshi ustoz - eng talabchani. Insonning futbol va hayotda o‘zini tutishi o‘rtasida katta farq yo‘q.

Agar sen kundalik hayotda qat’iyatli, o‘ziga ishongan, haqiqiy jangchi bo‘lsang, maydonda ham shundayligingcha qolasan. Shuning uchun futbolchilarning insoniy fazilatlariga alohida e’tibor qarataman.

- Murabbiylik kasbini tanlashingizda aynan kim kuchli ta’sir o‘tkazgan yoki nima eng muhim turtki vazifasini bajargan?

- Eng muhim lahza - bu tug‘ilganim (kuladi). Jiddiy gapirsam, 26-27 yoshdayoq mashg‘ulotlarni qanday o‘tkazish kerakligini bilardim, miyamda o‘yinning aniq kartinasi shakllanib ulgurgandi. Xullas, diplom olishimdan oldin bu soha bo‘yicha ma’lum tushunchaga ega bo‘lganman.

Shuningdek, Ispaniya va Argentinada o‘ynash asnosida Bilardo, Basile, Byelsa, Eriksson kabi usta mutaxassislardan ta’lim oldim. Doimo o‘sish barobarida boshqalarga nimalarnidir o‘rgatishga intilardim. Umuman, futbolchilar bilan ishlash jarayonining o‘zi rohat bag‘ishlaydi.

Ko‘plab mamlakatlarda to‘p surdim va har bir o‘lka futboli ma’lum darajada ta’sir o‘tkazdi. Deylik, Argentina futboli sharofati bilan ehtirosli bo‘ldim, ispanlardan muomalani, italiyaliklardan taktikani o‘rgandim. Shu bois bo‘lsa kerak, jamoam turlicha o‘ynay oladi.

- Umuman, qaysi murabbiyning ta’siri kuchliroq bo‘ldi?

- Basile o‘z energiyasini o‘yinchilarga berishni bilardi. Byelsa - mashg‘ulot o‘tash bobida tengsiz. Bilardo - kutilmagan taktik yurishlar ustasi. U qanot himoyachisini markazda o‘ynanardi, hujumchini yarim himoyada.

- Murabbiylardan eshitgan qaysi maslahatni eng yaxshisi sifatida ko‘rsatasiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:51, 20.01.2018.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.