Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Metallurg” yosh qaldirg‘ochlarni dog‘da qoldirdi

“Metallurg” yosh qaldirg‘ochlarni dog‘da qoldirdi

Baho:
+ | -

Mavsum boshlanishiga qisqa muddat qolayotganligi bois Superliga qatnashchilari ko‘rik-nazorat uchrashuvlariga zo‘r berishayapti. Zero o‘yin amaliyotini shakllantirishda sparring raqiblar bilan bahslar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi mavsum tayyorgarligini poytaxtda davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha  navbatdagi hafta yig‘inini  “Bunyodkor” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunladi. Bu o‘yinda poytaxt viloyati vakillarining tajribasi sezilib turdi va ular 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvda bekobodliklar yig‘inda qatnashayotgan barcha o‘yinchilarga maydonga chiqish imkoniyatini berishdi. Birinchi bo‘limda asosan tajribali o‘yinchilar maydonga tushirilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda jamoa yig‘iniga jalb etilgan yangi nomlar ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘yinning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni qo‘lga olgan “Metallurg” futbolchilari ikkinchi taymda ustunliklarini hisobda ham aks ettirishdi.  50-daqiqada “Bunyodkor” yoshlari o‘z jarima maydonlari yaqinida o‘yin qoidasini buzishdi. Jarima to‘pini Abror Xusinov ajoyib tarzda amalga oshirdi va to‘pni darvozaning yaqin yuqori burchagiga joylab qo‘ydi – 1:0.

72-daqiqada esa bekobodliklar penalti ishlashdi. Davlatjonov chap qanotda katta tezlik bilan ikki ta’qibchisini ortda qoldirdi va jarima maydoniga kirib bordi. Ammo uni qarshi olgan “Bunyodkor”ning markaziy himoyachisi Saidjamolni o‘yin qoidasini buzib to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 11 metrlik nuqtadan Timur Tolipov unumli foydalandi – 2:0.

Mazkur uchrashuvdan keyin “Metallurg” futbolchilariga bir kunlik dam  olish berildi. Dushanba kunidan e’tiboran bekobodliklar yana poytaxtimizda to‘planishadi va yig‘inni davom ettirishadi. Keyingi haftalarda ham bir qator nazorta uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “Metallurg”ning keyingi raqiblari “Andijon”, “So‘g‘diyona” jamoalari bo‘lishi oydinlashdi. Shu o‘rinda bu hafta bekobodliklar safini Jahongir Abdumo‘minov tark etganligini qayd etish lozim. Uning qaysi jamoadan qo‘nim topganligi hozircha ma’lum emas. “Metallurg” futbol klubi J.Abdumo‘minovga Bekobod futboli taraqqiyoti yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

“Bunyodkor” (yoshlar) – “Metallurg”  – 0:2 (0:0). Toshkent. 20 yanvar 2018 yil. Nazorat uchrashuvi.

Hakam: Komiljon Rasulov.

Nazoratchi: Baxtiyor Nomozov.

Gollar: Abror Xusinov (50), Timur Tolipov (72-p).

“Metallurg”: Zafar Safayev, Sherzod Fayziyev, Abror Xusinov, Jasur Hasanov, Dilyorbek Irmatov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Nodir Mavlonov, Shahzod Shaymanov, Islom Isoqjonov, Alisher Ziyovuddinov, Zohid Abdullayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita Ribkin, Abror Toshqo‘ziyev, Muhammadjon Sultonov, Muhammadodil Qahramonov,Andrey Shipilov,  Alisher Mirzayev, Xudoyshukur Sattorov, Doniyor Hoshimov, Timur Tolipov, Saidjamol Davlatjonov, Pavel Smolyachenko, Orifxo‘ja Abduxoliqov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:48, 21.01.2018.
O'qildi: 2006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.