Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisi Lassana Diarra yaqin vaqt ichida PSJ futbolchisiga aylanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi parijliklar tarkibiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Chunki, u dekabr oyida “Al Jazira” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgandi. Shunday qilib, Diarra PSJning qishgi transferlar mavsumidagi ilk transferi bo‘ladi.