Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 0-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

O‘z mamlakatida 2017 yil qahramoniga aylangan futbolchilar

O‘z mamlakatida 2017 yil qahramoniga aylangan futbolchilar

Baho:
+ | -

Tabiiyki, har bir mamlakatda yil yakunlari sarhisob qilinadi va eng yaxshi futbolchi alohida taqdirlanadi. Milliy futbolimizda Marat Bikmayev bosh qahramon sifatida tan olinganidan xabaringiz bor, albatta.

Xo‘sh, boshqa mamlakatlarda kimlar umume’tirofga erishishdi? Soccer.ru sayti shu masalaga to‘xtaldi. Ya’ni ba’zi mamlakatlarda 2017 yil yakuni bo‘yicha laureat bo‘lishga munosib futbolchilarga e’tibor qaratdi.

Germaniya - Toni Kroos («Real»). Nemislar diyorida yilning eng yaxshi futbolchisi Kicker jurnali tomonidan aniqlanadi va mukofotni mavsum yakunida topshirish odat tusiga kirgan. Oxirgi marta «nafaqa»ga chiqqan Filipp Lam e’tirof etildi.

Ko‘rinishidan, jurnal ijodkorlari xizmat ko‘rsatgan himoyachiga shu tariqa hurmat bajo keltirishdi. Biroq o‘tgan yilni to‘liq olganda, nemislar orasida Toni Kroosga teng keladigani yo‘q.

Axir u «Real» safida yana Yevropa CHL g‘olibiga aylandi. Muhimi, yarim himoyachi 5ta turnir bosh sovriniga ega chiqdi. To‘g‘ri, katta doiraga shiddat bilan bosh suqqan Joshua Kimmixni ham unutmaslik kerak.

Braziliya - Marselo («Real»). Braziliyaliklar mahalliy darajadagi «Oltin to‘p»ni ichki birinchilikning eng yaxshi futbolchisiga berishadi. 2017 yili bosh mukofot SSKAning sobiq hujumchisi Joga nasib etdi. Ammo Braziliya futbolining sara yulduzlari asosan Yevropada o‘ynashlari barchaga ayon.

Deylik, ayni payt ular orasida eng mashhuri va kuchlisi aniq - Neymar. Boz ustiga, o‘tgan yili unga 222 million yevro to‘lashdi. Bordiyu, faqat faktorlarga asosan baholansa, yakunlangan yil davomida Marselo barchani ko‘proq hayratga soldi.

Portugaliya - Krishtianu Ronaldu («Real»). Boshqa variantlar bormi? Aslo! Vaholanki, portugal futbolining asosiy durdonasi yilning oxirgi oylarida aytarli karomat ko‘rsatgani yo‘q.

Argentina - Lionel Messi («Barselona»). Muqobil variant qidirish befoyda. JCH-2018 saralashi doirasida Ekvador termasiga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yin voqealarining o‘zi Messi Argentinada raqobatdan mutlaqo xoli ekanligidan dalolat. Axir Leoning yolg‘iz o‘zi argentinaliklarni mundial tomon yetakladi.

Belgiya - Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»). 2017 yili Eden Azar va Tibo Kurtua APLda «oltin» yutishdi, de Bryuyne esa ayni payt «Manchester Siti»da ideal darajada to‘p surmoqda.

Ha, Kevin ustamon Xosep Gvardiola boshqaruvida o‘z o‘yinini yanada mukammallashtirmoqda. Boshqacha aytsak, belgiyalik «mallavoy» «Afsona» formatiga yaqinlashmoqda. Ajabmas, u futbol elitasida Xavi va Andrea Pirlo kabi aslar o‘rnini egallasa...

Ispaniya - Serxio Ramos («Real»). «Madrid» vakillari bosh-qa klublar futbolchilariga nisbatan katta ustunlikka egalar. Har holda, yil davomida qo‘lga kiritilgan 5ta sovrin og‘ir tosh bosadi, baribir.

Xullas, Ramos yana balandda, u buyuklar sinfiga mansub futbolchi. To‘g‘ri, Serxio shaffof obro‘ga egaligi bilan maqtanolmaydi: qizil kartochkaga mehri haddan ortiq ziyod. Boz ustiga, ayrim uchrashuvlarda o‘zini jabrdiyda sifatida ko‘rsatishni xush ko‘radi.

Polsha - Robert Levandovski («Bavariya»). Savollar bormi? Yo‘q. «Levagol» - Polshada yagona! Hozircha shunday.

Shveysariya - Granit Jaka («Arsenal»). «Kanonirlar» yarim himoyachisi tegishli sovrinni avgust oyidayoq qabul qilib olgandi. Fransiya futbol federasiyasi qaroriga e’tiroz bildirish noo‘rin.

Fransiya - N~Golo Kante («Chelsi»). Mashhur France Football nash-ri aynan «aristokratlar» yarim himoyachisini e’tirof etdi va bu to‘g‘ri tanlov.

N~Golo «Lester»ni APL taxtiga ko‘tarilishiga beqiyos hissa qo‘shganidan keyin «Chelsi» tomon «og‘ib», bir urinishda Antonio Konte sxemasida ham muhim ijrochiga aylandi va yana Angliya chempioni maqomiga erishdi. Fransiyalik eng iqtidorli yigit - Antuan Grizmannga esa barqarorlik yetishmadi. Qisqasi, mukofot haqli ravishda chinakam mehnatkash yigitga berildi.

Chili - Arturo Vidal («Bavariya»). Ehtirosli chililiklar aslida jig‘ibiyron holatda  e’tiroz bildirishga haqlilar: «Hech kim yaxshi emas!» Axir mamlakat termasi jahon chempionatiga chiqolmadi, xususan, «Qirol Arturo» ham saralash yakunida hech narsa qilolmadi.

Peru - Jefferson Farfan («Lokomotiv»). Nima? Bu hujumchi «ko‘hna qit’a» futbolida 6-7-o‘rinlarda turuvchi milliy chempionatda o‘ynab, klubini g‘oliblik sari boshlamoqda. Muhimi, Farfan Peru terma jamoasining JCH-2018 yo‘llanmasini yutishida bevosita ishtirok etdi. Qahramon!

Daniya - Kristian Eriksen («Tottenxem»). Daniya milliy jamoasini harakatga soluvchi «motor». Skandinaviyaliklarning JCH-2018 saralashida muvaffaqiyatli odimlashganida Eriksenning roli katta bo‘ldi.

U shuningdek, «Tottenxem»da ham eng yaxshilardan biri. Darvoqe, Kristian o‘z mamlakatida 3 marta bosh laureat sifatida tan olinganidan keyin Kasper Shmeyxelga yo‘l bo‘shatgandi. Endi taxtga qaytish fursati keldi.

Kolumbiya - Radamel Falkao («Monako»). 2017 yili kuchli goleadorning katta sahnaga to‘laqonli qaytishi kuzatildi. Vaholanki, ko‘pchilik Falkaoni hisobdan chiqarib qo‘yishga ham ulgurgandi.

Italiya - Chiro Immobile («Lasio»). Italyan futboli uchun chinakam «qora» yil. Binobarin, mamlakat termasi 60 yil badaliga ilk marta JCHdan chetda qoldi. Aslida laureat sifatida Janluiji Buffonni e’tirof etishdan oson yumush yo‘q.

Biroq tan olingan kiper CHLda uzoq kutilgan g‘alabani tantana qilolmadi. Chiro Immobile esa faoliyatini qayta yo‘lga solib, «A» seriyasining o‘zida naq 30ta gol urdiki, bu katta natija.

Angliya - Garri Keyn («Tottenxem»). 12 oy davomida APLda 39ta gol - liganing yangi rekordi. Xullas, Garri 2017 yilni salohiyatli yaxshi hujumchi va superto‘purar sifatida yakunladi.

Xorvatiya - DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 22.01.2018.
O'qildi: 3925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.