Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Iltimos, faqat Babayan haqida so‘ramang!»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Iltimos, faqat Babayan haqida so‘ramang!»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi Dubayda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Safarda ular Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi “Rubin” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib durrangga imzo chekishdi (0:0).

Uchrashuvdan so‘ng “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayevni suhbatga chorladik.

- “Rubin” - “Lokomotiv” (0:0) o‘yini haqida qisqacha fikringiz?

- Ushbu uchrashuvni biz uchun foydasi ko‘p bo‘ldi. “Rubin” klubining tarixi bor, ular kuchli jamoa.  Ularga qarshi o‘ynash foydali deb hisoblayman. Biz yangi taktika ustida ishlayapmiz. Yana shuni aytish joizki, xatolarimiz ustida ishlayapmiz va  bu yangi mavsumda o‘z samarasini beradi albatta.

-Jamoa tarkibidagi o‘zgarishlar qanday? Yangi  futbolchilarni jamoaga moslashishi to‘g‘risida nima deya olasiz?

- Albatta tarkibimizdagi yangi futbolchilar jamoaga moslashishmoqda, biz ularga bu borada ko‘maklashayapmiz. Ular yaxshi taa’ssurot uyg‘otmoqda. Biz ular bilan g‘alabalar sari bora olamiz. 

-YAngi  futbolchilardan kimning harakatlarini ijobiy baholay olasiz?

- Alohida ko‘rsata olmayman, chunki endigina ular bilan ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdik. Menga ko‘proq, Rossiyalik hujumchi  Dmitriy Barkovning harakatlari yoqdi.

-Klubning yangi mavsum oldidan maqsadlari qanday?

- Ha, albatta! O‘tgan mavsumda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz, ya’ni uchrashuvlarning so‘nggi daqiqalaridagi e’tiborsizliklarimiz bizga pand bergan. Bugun shular ustida ishlayapmiz. Asosan jismoniy holatimizni to‘g‘rilashga urg‘u berganmiz.

-“Lokomotiv” uchun klublarimiz ichida  eng noqulay raqib “Paxtakor”mi? Yoki boshqa?

- To‘g‘risini aytsam men uchun “Metallurg” va “Mash’al” jamoalari asosiy raqiblar deb hisoblayman.

-Islom To‘xtaxo‘jayevning “Lokomotiv” klubi bilan shartnomasi qachon tugaydi? Kelajak rejasi bormi?  Xorij klublardan takliflar bormi?

- “Lokomotiv” bilan shartnomam hali tugamaydi. Xorij klublaridan takliflar bor, ammo meni va klubni qoniqtira oladigan taklif yo‘q. Shuning uchun ham hozircha “Loko”daman, nasib qilsa xorij klublaridan taklif bo‘lsa, albatta yo‘q demasdim.

- Qaysixorijiy klublardan qanday takliflar bo‘lgan?

- Takliflar bo‘lgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra shartnomalar tuzilmagan. Buni eslashni istamayman.

- Hozirgi yangilangan rahbariyatdan shaxsan ko‘nglingiz to‘lyapdimi, o‘zingiz uchun qanday o‘zgarishlar va imkoniyatlar kutyapsiz?

-YAngi rahbariyatdan hamma qatorida yaxshi narsalarni kutyapman. Ko‘proq futbolchilarga yordam berishlarini, chunki ko‘pchilik futbolchilar shartnomalari tugaganidan so‘ng  belgilangan pullarini ololmay, sarson bo‘lishadi. Shu tomonlarga ham e’tibor berishsa yaxshi bo‘lardi.

- Milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiysi..... (Savolimiz yakunlanmadi).

- Iltimos! Faqat Samvel Babayan  haqida so‘ramang!

- O‘zbekiston milliy terma jamoasini xorijlik qaysi murabbiy boshqarishini istardingiz?

- Pep Gvardiola (kuladi).

- Agar milliy terma jamoamiz uchun tarkib tuzish imkoniyatingiz bulganda kimlarni asosiy tarkibda ko‘rishni istar edingiz?

- Qaysi futbolchi bo‘lishidan  qat’iy nazar yaxshi formada, ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan futbolchilarni asosiy tarkibga qo‘yardim.

Ma’mur Parmonov suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:49, 22.01.2018.
O'qildi: 9739 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.