Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

«Qo‘qon-1912» jamoasi Toshkentdagi yig‘inni mag‘lubiyat bilan yakunlandi

«Qo‘qon-1912» jamoasi Toshkentdagi yig‘inni mag‘lubiyat bilan yakunlandi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi «Bunyodkor» akademiyasiga qarashli maydonda «Qo‘qon-1912» - «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv vakillarimiz uchun omadsiz boshlandi. 3-daqiqada buxoroliklar hisobni ochishdi. O‘yindagi birinchi gol avtogoldan kiritildi. Murod Xolmuhammedov o‘z darvozasiga to‘p kiritib, qo‘ydi. Oradan uch daqiqa o‘tib esa Akobir To‘rayev buxoroliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shundan keyin har ikki jamoa vakillari shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Lekin birinchi bo‘lim yakuniga qadar hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi murosasiz tarzda o‘tdi. 78-daqiqada Berdiyev-Merzlkov-Pardayev kombinasiyasidan so‘ng hisob qisqardi. Bahodir Pardayev o‘zining sobiq jamoasi darvozasini aniq nishonga oldi. Oradan hech qancha o‘tmay, Pardayev ikkinchi golini urishi mumkin edi. Yana o‘sha uchlik ijrosida ajoyib kombinasiya uyushtirildi. Pardayevning bosh bilan bergan zarbasiga bir necha sm aniqlik yetishmadi.

81-daqiqada esa darvozamizga penalti belgilandi. Bahriddin Vahobov penaltini aniq amalga oshirdi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida Davron Hoshimov “Buxoro” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

So‘nggi daqiqalarda hakam Suhrob Berdiyevga ikkinchi sariq va qizil kartochkani ko‘rsatdi. Jamoamiz o‘yinni bir kishi kam bo‘lib tugatdi.

Aytgancha, mazkur bahhsda Doniyor Hasanov, Bahodir Akramovlar jaroxati bois maydonga tusha olishmadi. Javohir Sidiqov hamda Oybek Rustamovlar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Xitoyda ekanligini barchangiz ma’lum.

Shu tariqa, Toshkentdagi yig‘in mag‘lubiyat bilan intiho topdi.

Nazorat uchrashuvi

“Buxoro” - "Qo‘qon-1912"  - 3:2 (0:2)

Bosh hakam: Muzaffar Fayzullayev

Gollar: Murod Xolmuhammedov 3 avtogol, Akobir To‘rayev 6, Bahriddin Vahobov 81 (pen).  - Bahodir Pardayev 75, Davron Hoshimov 82.

Qo‘qon-1912: O‘tkir Yusupov, Quvondiq Ro‘ziyev, Jamshid Hasanov, Iqbol Malikjonov, Suhrob Berdiyev, Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Davron Hoshimov, Igor Taran, Nosir Otaqo‘ziyev.

“Buxoro”: Akmal Tursunbayev,  Sanat Shixov, Artem Filiposyan,  Shavkat Mullajonov, Sergey Ruseskiy, Robbim Xasanov,  Salamat Qutibayev,  Shavkat Salomov, Sardor Sulaymonov,  Akobir To‘rayev,   Shaxboz Erkinov. 

Zaxira: Asilbek Amonov,  Shoxijaxon Nasimov, Bobir Amonov, Toxir Shamshitdinov, Nozim Umurov, Firdavs Asadov, Baxriddin Vaxobov,  Xurshid Olimov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 16:25, 23.01.2018.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.