Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Tushunish qiyin. «Real» Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

Tushunish qiyin. «Real» Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida kutilmagan natija qayd etildi. "Real"ning "ketmoni" ushbu musobaqada ham "uchmadi". Zidan shogirdlari safarda "Leganes"ni 1:0 hisobida mag‘lub etganiga qaramay, o‘z maydonida ushbu jamoaga yutqazib, musobaqani tark etishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mezbon himoyachilarining xatosidan keyin Eraso to‘pni egallab oldi va 22 metrlardan ajoyib zarba bilan Kasilya qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Benzema o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay, yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan hisob 1:2ga yetkazdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pires bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. O‘yin oxiriga qadar "Real" ixtiyorida kamida 35 daqiqa vaqt bo‘lsa-da, ular hisobni o‘zgartira olishmadi. "Leganes" darvozaboni 2-3ta vaziyatda qahramonlik ko‘rsatganini ta’kidlash lozim.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lgan bo‘lsa-da, safarda urilgan gol qoidasiga ko‘ra "Leganes" yarim finalga chiqdi.

Shuningdek, "Valensiya" ham Kubokdan chiqib ketishiga bir baxya qoldi. "Ko‘rshapalaklar" "Alaves" maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Valensiyada o‘tgan dastlabki o‘yinda mezbonlar shunday hisobda g‘olib chiqishgandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagan bo‘lsa, penaltilar seriyasida "Valensiya" g‘alaba qozondi — 3:2.

Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqqan 3ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi — "Sevilya", "Valensiya", "Leganes". To‘rtinchi jamoa nomi bugun oqshom bo‘lib o‘tadigan "Barselona" - "Espanyol" bahsidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yinlari
Alaves – Valensiya 2:1 (0:0, 2:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 2:3
Gollar: 1:0 – 73 Munir, 1:1 – 77 Santi Mina, 2:1 – 86 Sobrino.
Alaves – Sivera, Laguardia, Duarte, Agirregabiria, Eli (Demirovich, 85), Ibai Gomes (Munir, 72), Pina, Torres, Pedrasa, Sobrino, Gvidetti (Peres, 72).
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel (Garay, 23), Maksimovich (Santi Mina, 77), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Vyetto (Rodrigo, 59), Dzadza.
Ogohlantirishlar: Torres (48), Maksimovich (50), Ruben Vezu (61), Pedrasa (66), Kondogbia (79), Munir (80), Parexo (85), Gonsalu Gedesh (93), Pina (96), Duarte (97), Santi Mina (103).
Dastlabki o‘yin: 1:2

Real Madrid – Leganes 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 31 Eraso, 1:1 – 47 Benzema, 1:2 – 55 Pires.
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Teo, Xakimi (Karvaxal, 68), Ramos, Isko (Mayoral, 77), Lyorente (Modrich, 69), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 58), Brashanas, Pires, Eraso, El-Jar (Naranxo, 80), Amrabat (Raul Garsiya, 70), Bovyu.
Ogohlantirishlar: Tito (27), Shampan (75), Ramos (80).
Dastlabki o‘yin: 1:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:46, 25.01.2018.
O'qildi: 22410 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.