Germaniya chempionati ikkinchi divizionida harakat qiluvchi “Kayzerslautern” klubi ustozi Jeff Shtrasser 19-tur o‘yini vaqtida yurak xurujiga uchradi. U shu zahoti shifoxonaga yetkazildi. Murabbiyga infarkt tashxisi qo‘yildi, ammo ayni damda hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.
Bu haqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida ham ma’lum qilindi.