Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

“Barselona”ning ayriliq kuyi qanday boshlangandi?

“Barselona”ning ayriliq kuyi qanday boshlangandi?

Baho:
+ | -

Mazkur transfer oynasida bir nechta futbolchilarni xarid qilgan Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z navbatida futbolchilaridan ayrildi ham. Mazkur ayriliqlar orasida eng qayg‘ulisi, shak-shubhasiz, Xavyer Maskeranoning ketishi bo‘ldi. Gap bu yerda jamoaning kuchsizlanib qolgani haqida ketayotgani yo‘q. Maskeranoning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor klubda. Gap futbolchining klub ramziga aylanib ulgurganida. Maskerano har tomonlama “Barselona”ning o‘ziga xos futbolchisi edi. Ammo axiyri argentinalik futbolchi Kataloniyani tark etdi.

HAMMASI QANDAY BOSHLANDI?

* 2015-2016 yillardagi mavsumda Maskerano La Liga doirasida 2694 daqiqa harakat qildi. 2016-2017 yillardagi mavsumda esa bu ko‘rsatkich 1916 daqiqagacha kamaydi. Shu bois o‘tgan yilning may oyida Maskerano “Barselona”dagi faoliyatin yakuniga yetayotganini tushundi. Xavyer raqobatda klubning yangi futbolchisi — Samyuel Yumtitiga yutqazdi.

* Maskeranoning “Barselona” bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchi yiliga 5,5 mln yevro maosh olardi. Futbolchining tovon puli 100 mln yevroga teng edi. Kataloniya klubi rahbariyati bu 33 yoshli futbolchi uchun ajoyib shartnoma deb hisoblardi.

* O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Maskerano “Barselona” rahbariyati bilan uchrashib, uni qishki transferlar vaqtidayoq qo‘yib yuborishlarini so‘radi. Biroq klub rahbariyati futbolchining iltimosini rad etdi va uning tajribasi “Barselona” uchun juda muhim ekanligini ta’kidladi. Maskerano esa mavsum davomida 12 ta o‘yinda o‘ynadi va jamoaning faqatgina to‘rtinchi markaziy himoyachisi hisoblanardi.

* Keyinchalik voqealar jarayoni tezlashib ketdi. Maskerano ommaviy axborot vositalari orqali nima uchun “Barselona” faoliyatini davom ettirish uchun eng yomon variantga aylanganini aytdi. davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 16:43, 25.01.2018.
O'qildi: 8670 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.