Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Benazir Joze qancha sovrin olgan?

Benazir Joze qancha sovrin olgan?

Baho:
+ | -

Bugun «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zining 55 yoshini qarshi oldi.

Joze Mariu dush Santush Mourinyo 1963 yil 26 yanvar kuni Portugaliyaning Setubal shahrida tug‘ilgan.

Portugaliyalik mutaxassis murabbiylikda shu yoshgacha juda ko‘plab sovrinlar yutgan va bu borada dunyoda tengsiz hisoblanadi. Mourinyoni ko‘plab ekspertlar, futbolchilar va murabbiylar zamonaviy futboldagi eng buyuk murabbiylardan deb bilishadi.

JozeMourinyoni «The Special One» va «The Only One» deb ham atashadi.

Quyida biz sizlarga Joze Mourinyoning murabbiylikda erishgan barcha sovrin va unvonlarini havola etamiz:

«Portu» bilan 2 marta Portugaliya chempioni, Portugaliya Kubogi va Superkubogi sohibi, Chempionlar Ligasi g‘olibi, UEFA kubogi sohibi;

«Chelsi» bilan 3 marta Angliya chempioni, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogi sohibi, 3 marta Liga Kubogi sohibi;

«Inter» bilan 2 marta Italiya chempioni, Italiya Kubogi va Superkubogi sohibi, Chempionlar Ligasi g‘olibi;

«Real» Madrid bilan Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi;

«Manchester Yunayted» bilan Angliya Liga Kubogi sohibi, Angliya Superkubogi sohibi, Yevropa Ligasi Kubogi sohibi.

Shaxsiy natijalari:

APLda mavsum murabbiyi (3 marta);

APLda oy murabbiyi (3 marta);

Portugaliya chempionatida yil murabbiyi (2 marta);

Italiyada yil murabbiyi (2 marta);

Ispaniyada yil murabbiyi;

«Oltin skam» mukofoti sohibi;

«Miguel Munos» sovrini sohibi (2 marta);

UYEFA yil ramziy jamoasining eng yaxshi murabbiyi (4 marta);

Yevropada yil murabbiyi (2 marta);

FIFA tomonidan yil murabbiyi;

Xalqaro Futbol Federasiyasi Tarixi va Statistikasi tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi (4 marta);

«WorldSoccerMagazine» jurnali tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi (3 marta);

Eng yaxshi portugaliyalik xalqaro murabbiy (2 marta);

Futbol jurnalistlari assosiasiasining «Futboldagi xizmatlari uchun» mukofoti sohibi;

«LaGazettaDelloSport» nashri bo‘yicha «Yil insoni» sohibi;

«Globe Soccer Awards» bo‘yicha yil murabbiyi;

«Infant Don Enrike» yo‘nalishida «Buyuk ofiser» ordenisohibi.

 

Biz butun dunyodagi “Manchester Yunayted” klubining muhlislari nomidan JOZE MOURINYOga ushbu sovrinla qatorini yanada ko‘paytirishga va «Manchester Yunayted» bilan ulka g‘alabalarga erishishini tilab qolamiz.

TUG‘ILGAN KUNING BILAN – JOZE MOURINYO.

Manba: mufc.uz
Kiritildi: 22:39, 26.01.2018.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.