Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«O‘lgunimcha o‘ynayveraman» yoxud 50 yoshli futbolchi hamon yashil maydonda

«O‘lgunimcha o‘ynayveraman» yoxud 50 yoshli futbolchi hamon yashil maydonda

Baho:
+ | -

Kazu Miura - haqiqiy yapon afsonasi. Fevral oyi oxirida u 51 yoshni qarshilaydi. Uning faoliyati Braziliyada boshlangan - 15 yoshida maktabni tamomlab ulgurmay, San-Pauluga borgandi. Yaponiyada to‘p surish uchun sharoit yo‘q edi - 80-yillar oxirida «kunchiqar yurt»da futbol hozirgidek rivojlanmagandi. Tabiiyki, Braziliyadagi mahalliy til Miuraga notanish edi, shu bois portugalchani o‘rgana boshladi. O‘z navbatida, «Juventuse» klubida o‘ynab, pul topdi.

«A» Seriyada birinchi

1990 yili «Santos»dan uyiga qaytgan Miura ikki yildan so‘ng Yaponiya termasi safida Osiyo kubogida g‘olib chiqdi - garchi ushbu turnirda qahramonimiz bitta gol urgan bo‘lsada, eng yaxshi o‘yinchi deb topilgandi. Bundan tashqari, u «Verdi» bilan to‘rt karra Yaponiya chempionligiga erishdi.

So‘ngra ijara asosida «Jenoa» safiga qo‘shilib, «A» seriyada to‘p surgan ilk yaponiyalik futbolchiga aylandi. E’tiborlisi, italiyaliklar na maosh, na ijara pulini to‘lashgan. Italiyadagi faoliyati esda qolarli bo‘ldi, deyish qiyin - ilk uchrashuvdagi miya chayqalishi, atigi bitta gol («Sampdoriya»ga qarshi derbida), elitani tark etish va uyga qaytish.

Keyinchalik Miura asosan Yaponiyada to‘p surdi. Ma’lum muddat Zagrebning «Dinamo» va Avstraliyaning «Sidney» jamoalari sharafini himoya qildi. Angliyada o‘ynashi ham mumkin edi, ammo «Born­mut» ko‘rigidan o‘tolmadi. O‘shanda bu jamoa tumanli o‘lkaning uchinchi divizionida qatnashardi.

Termasini JCHga olib chiqdi, ammo...

Yaponiya termasida 89ta o‘yin o‘tkazib, 55ta gol urgan Miuraga jahon chempionatida qatnashish nasib qilmadi - 1994 yilgi mundialga jamoa chiqolmadi, 1998 yilgi JCHda esa futbolchi va rahbariyat o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Vaholanki, Kazu saralashda 14ta to‘p kiritgandi.

Shunga qaramay, u mini-futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bordi, faqat bu paytga kelib 45 yoshga to‘lgandi. Mazkur turnirda yaponlar maqtovga loyiq natijaga erisholmadilar: «pley-off»ning ilk bahsidayoq musobaqani tark etishdi, biroq Miura ishtirokdan qoniqdi. Albatta, shunday o‘yinchining JCHdan chetda qolishi achinarli.

O‘tgan yili rekord o‘rnatdi

Kazu 50 yoshdan o‘tganiga qaramay, hamon to‘p surayotgan futbolchilar orasida rekord qayd etdi. O‘tgan yilning martida UYEFA rasmiy sayti 50 yoshida faoliyatini yakunlagan afsonaviy Stenli Metyuzning (1956 yilgi «Oltin to‘p» sohibi) natijasi yangilangani haqida xabar berdi.

2006 yildan buyon «Yokogama» safida o‘ynayotgan yaponiyalik hujumchi dast­lab jahondagi eng «keksa» professional futbolchi deb topildi, so‘ngra eng «keksa» gol muallifiga aylandi (bu borada ham Metyuzni ortda qoldirdi).

Operasiya stoliga yotmagan

Miuradan «Faoliyatingiz shu qadar uzoq cho‘zilishi mumkinligini o‘ylaganmisiz?» deb so‘rashganida, u jilmaygancha javob bergandi: «20ga to‘lganimda, 50 yosh xayolimga kelmagan. Hattoki, 40 yoshgacha borishimni ham o‘ylamagandim.

O‘sha pallada bu o‘zgacha tuyulardi. Ammo hamon yashil maydondaman, chunki bu o‘yinni yaxshi ko‘raman. Jarohatlar borasida ham omadim chopgan, aniqrog‘i, ularga duch kelmaganman - hattoki, biror marta operasiya stoliga yotmaganman».

Maqsadi

Miura «Yokogama»ni yana Jey-ligaga qaytarish istagida, chunki bu jamoa 2007 yildan buyon elitada qatnashmayapti. Umuman, hozircha bunga umid kam - J2dagi so‘nggi o‘nta mavsumdan beri bu klub atigi ikki marta kuchlik oltilikdan o‘rin oldi (3dan 6gacha bo‘lgan o‘rinlar Jey-ligaga chiqish uchun o‘tkaziladigan «pley-off»­da qatnashish imkonini beradi), so‘nggi mavsumda esa 10-pog‘ona bilan cheklandi.

«J1 - top-liga, u yerda o‘ynash haqiqatan zavqli, - deydi umidini uzmagan Miura. - Elitaga qaytsak, bizdan baxtli odam bo‘lmasdi».

Yana qancha o‘ynamoqchi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:12, 28.01.2018.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.