Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston qahramonlari Toshkentda kutib olindi (to‘liq videoreportaj)

O‘zbekiston qahramonlari Toshkentda kutib olindi (to‘liq videoreportaj)

Baho:
+ | -

Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha tunda yurtimizga qaytib kelishdi.

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida chempionlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov, mutasaddi shaxslar, Yoshlar Ittifoqi yetakchilari, estradamiz yulduzlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va muxlislar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari va murabbiylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi. So‘ngra futbolchilar va murabbiylar shtabi a’zolariga Prezident sovg‘alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar topshirildi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi vakillarini chempionlik bilan tabriklar ekan, haqiqiy vatanparvarlarga xos bo‘lgan matonatli va shijoatli o‘yin uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari nomidan esa Javohir Sidiqov so‘zga chiqib, yuksak e’tibor uchun tashakkur bildirdi va kelgusida ham xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga so‘z berdi.

E’tiboringizga chempionlarni kutib olish va taqdirlash marosimidan to‘liq videolavhalarni taqdim etamiz.

Reportajning 2-qismi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:59, 29.01.2018.
O'qildi: 5004 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик