Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

“Qo‘qon-1912”: O‘rinbosarlarimiz birinchi o‘yinda g‘alaba qozonishdi

“Qo‘qon-1912”: O‘rinbosarlarimiz birinchi o‘yinda g‘alaba qozonishdi

Baho:
+ | -

O‘rinbosarlarimiz “Viloyat hokimi kubogi-2018”ni g‘alaba bilan boshlashdi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari “Turon”ga qarshi uchrashuvda hujumkor futbol namoyish etishdi. Ilk daqiqalardan vakillarimiz oldinga tashlanishdi.

25-daqiqada futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida xavfli hujum tashkil etishdi. Raqiblar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi.

Birinchi bo‘lim davomida har ikki tomondan goldan tortadigan bir qator vaziyatlar vujudga kelishiga qaramay, tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni ham futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi. 55-daqiqada raqiblarimiz penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. O‘rinbosarlarimizning sobiq a’zosi Abror Rahmonov penaltini aniq amalga oshirib, “Turon” jamoasini oldinga olib chiqdi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib, endi raqiblarimiz darvozasiga penalti belgilandi. Iqbol Malikjonov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 61-daqiqada Dilshod Baratov raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoamizni oldinga olib chiqdi.

73-daqiqada hisobni o‘zgartirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Zaxiradan maydonga tushgan Xurshid Asqaraliyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Qolgan daqiqalarda tomonlar bir qator hujumlarni tashkil etishdi. Lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa, o‘rinbosarlarimiz turnirni g‘alaba bilan boshlashdi.

 

“Viloyat hokim kubogi-2018”

“S” guruhi

1-tur

“Qo‘qon-1912-2” – “Turon” – 2:1 (0:0)

Hakamlar: S. Rahmonov, J. Hakimov, M. Vahobov.

Gollar: Iqbol Malikjonov- 57 (pen), Dilshod Baratov-61. – Abror Rahmonov-55 (pen).

“Qo‘qon-1912-2”: 30. Islom Abdullayev, 4. Doniyor To‘lashev, 6. Dilshod Baratov, 7. Ramzbek Isaqov, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 10. Ibrohim Muxtorov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 19. Doston Meliqo‘ziyev, 22. Mo‘min Sodiqjonov, 26. Sardor Isaqov, 29. Iqbol Malikjonov.

Zaxira: Muhammadali Sobirov, 11. Ismoil Tolipov, 18. Behzod Karimov, 23. Xurshid Asqaraliyev, 24. Ma’mur Rahimov, 31. Shukur Mo‘minov, 33. Avaz Yusufjonov.

“Turon”: 1. Suxayl Jo‘rayev, 2. Abdulla Abdurashidov, 4. Jasur Yuldoshaliyev, 5. Mirzohid Akbarov, 6. Mirzohid Ahmedov, 7. Asad Komilov, 11. Abduqahhor O‘ktamov, 12. Mirjalol Jo‘raliyev, 21. Aziz Isomiddinov, 22. Hasan Rasulov, 23. Oybek Mirzohidov.

Zaxira: 10. Imin Iminov, 14. Muhammad Yusupov, 15. Abror Rahmonov, 17. O‘lmas Rahmonov, 19. Ismoil Oxunjonov, 20. Alisher Omonov, 35. Javohir Halimov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:41, 29.01.2018.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.