Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bugun futbol. «Nasaf» – «Al Faysaliy»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Al Faysaliy»

Baho:
+ | -

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda katta futbol bayrami. “Nasaf” o‘z maydonida Iordaniyaning “Al Faysaliy” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvda “ajdarlar” OCHL-2018 guruh bosqich yo‘llanmasini hal qilishadi.

OCHL-2018. Pley-off uchrashuvi

“Nasaf” (Uzbekiston) – “Al Faysali” (Iordaniya)

30.01.2018. Qarshi sh., “Markaziy” stadion. 16:00da

Bosh hakam: Xiryuki Kimura (YAponiya)

Qanot hakamlari: Ochi Shinji, Takagi Takumi (ikkalasi ham Yaponiyadan)

Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov (Tojikiston)

Nazoratchi: Ali Hamad Badaviy (BAA)

Uchrashuv komissari: Dorji Mindu (Butan)

Umuman olganda “Al-Faysaliy” klubi “ajdarlar”ga notanish emas. Mazkur jamoalar bungacha OFK kubogining nimchorak finalida tuqnash kelishgan. 2011 yili 24 mayda, “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda jamoamiz raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etgan va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Bugun bo‘ladigan uchrashuvda jamoalar oldida boshqacha vazifa turibdi. Bitta uchrashuvdan iborat pley-off bahsida g‘olib bo‘lgan jamoa, OCHL-2018ning “S” guruhida yurishini davom ettiradi.

Bugun futbolchilarimiz OCHL-2018ning to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lishi uchun maydonda javlon urishadi. Ming-minglab jamoamiz ishqibozlari, tribunalarda turib ularga dalda bo‘lishadi.

Qashqadaryo vohasi oppoq qor bilan qoplangan bo‘lsada, ertalabdan musaffo osmonimizda quyosh charaqlamoqda. Futbol uchrashuvi haqiqiy bayram bo‘lishi uchun, stadionimiz xodimlari ham ertalabdan ishga kirishgan.

Shunday ekan, “Markaziy” stadionimizga marhamat qiling. Haqiqiy futboldan barhamand bo‘ling.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:38, 30.01.2018.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик