Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Uzbek Tigers" yangi mavsumdagi ishtirokini boshlamoqda

"Uzbek Tigers" yangi mavsumdagi ishtirokini boshlamoqda

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT

Butunjahon boks seriyasi (WSB)da sakkizinchi mavsum start olmoqda. Yangi mavsumda O‘zbekistonning "Uzbek Tigers" jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bokschilarimiz bu yilgi mavsumni "America" guruhida o‘tkazadilar. Janglarda hamyurtlarimizga "Cuba Domadores", "Colombia Heroicos" hamda "Venesuela Caciques" jamoalari raqiblik qiladilar.

Hamyurtlarimiz ilk janglarini 10 fevral kuni Kubada "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.

To‘qnashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52kg: Xudoynazar Fayzov

-60kg: Shunqor Abdurasulov

-69kg: Mahmud G‘oipov

-81kg: Madiyor Saydraximov

+91kg: Bahodir Jalolov.

Jamoaning keyingi ikkita jangi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Ushbu janglarga Termiz shahri mezbonlik qiladi. 27 fevral kuni "Cuba Domadores"ga qarshi bo‘ladigan javob bahsida "O‘zbek yo‘lbarslari" quyidagicha tarkibda ringga chiqadilar:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov

-56kg: Shahobiddin Zoirov

-64kg: Iqboljon Xoldorov

-75kg: Isroil Madrimov

-91kg: Sanjar Tursunov.

27 fevral kuni Termizda o‘tkaziladigan jang soat 19:00da boshlanadi. 1 mart kuni esa Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" jamoasi yurtimizda mehmon bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuv ham soat 19:00da start oladi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu janglarda o‘zbek bokschilariga omad tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:15, 30.01.2018.
O'qildi: 7706 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.