Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

“Nasaf” va “Paxtakor” o‘yini oldidan jurnalistlar fikr bildirishdi

“Nasaf” va “Paxtakor” o‘yini oldidan jurnalistlar fikr bildirishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor bugun “Paxtakor” hamda “Nasaf” jamoalari OCHL-2018 saralash baxslarini o‘tkazishadi. “Paxtakor” Doxada “Al-Garafa”ga qarshi maydonga tushsa, “Nasaf” Qarshida “Al Faycaliy” jamoasini qabul qiladi.

Biz muhim uchrashuvlar oldidan jamoalarimiz haqida jurnalistlar fikrini so‘radik.

Elmurod Ermatov (Kun.uz muhbiri)

"Nasaf" qiyinchilik bilan g‘alaba qozonsa kerak deb o‘ylayman. Futbolchilarda o‘yin amaliyoti yuq. Yaxshi o‘yinchilar esa jamoani tark etdi. Lekin, jamoaning ustun tomoni bu murabbiy. Berdiyev ancha tajribali mutaxassis. Agar futbolchilar murabbiyning ko‘rsatmalariga to‘liq rioya qilishsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. "Paxtakor"ni esa mehmonda  judayam qiyin o‘yin kutmoqda. Umid qilamizki Arveladze shogirdlari bizni uyaltirib qo‘yishmaydi.

Shohjahon Karimov (sport jurnalisti)

To‘g‘risini aytsam “Paxtakor”ning o‘yinini intizorlik bilan kutyapman. Mening fikrimcha “Paxtakor” guruh bosqichga yul oladi. Lekin raqib ham osonlikcha taslim bo‘ladiganlardan emas. Sneyderning “Al Garafa” safiga qo‘shilishi raqib jamoani yanada kuchaytirgani shubhasiz. Menimcha “Paxtakor” minimal hisobda g‘alaba qozonadi, g‘alaba to‘pini esa Jaloliddin Mashripov kiritadi deb o‘ylayman.

Akmal Eshonxonov (sport jurnalisti)

Men ham barcha yurtdoshlarimiz singari “Paxtakor”ni keyingi bosqichga chiqishidan umidvorman. “Sherlar” tarkiblarini tajribali va kuchli futbolchilar bilan kuchaytirishdi. “Paxtakor” hech bo‘lmaganda guruh bosqichiga yo‘l olishi kerak. Albatta, shu barobarin ulardan guruhdan chiqish vazifasi talab etiladi.

"Nasaf" haqida nima deya olaman? Qarshiliklar "Al Faysaliy"ga qarshi uchrashuvda biroz qiyinchilikka uchrashi mumkin. Hech qachon “Nasaf”ga mag‘lubiyat tilamagan bo‘lardim, ammo bir qator tajribali futbolchilaridan ayrilgan "Nasaf"ga bugun Qarshining qorlari omad keltirsin. Eng asosiysi, "Nasaf", "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" jamoasi bo‘ladimi O‘zbekiston nomini doim olam uzra taratib yurishsin. Shu jumladan biz jurnalistlar ham barcha futbol ishqibozlari uchun tunu-kun mehnat qilishda davom etamiz.

Dildora Xolboyeva (“So‘g‘diyona” matbuot kotibasi)

Muhimi, yoshlarimiz yilni g‘alaba bilan boshlab berishdi. Yurtimizga futbol havosini qaytarishdi. Har qanday klub bo‘lmasin OCHLda vatanimiz shanini munosib ximoya qilishadi degan umiddaman.

Har ikkala jamoaga ham shaxsan o‘zim, qolaversa, “So‘g‘diyona” jamoasi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari nomidan Omad tilaymiz. Umid qilamizki, futbol bayramini Qatar va Qarshida davom ettiramiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:32, 30.01.2018.
O'qildi: 6589 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик