Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Neboysa Yovovich: “Bu hisobdagi mag‘lubiyat biz uchun qattiq zarba bo‘ldi”

Neboysa Yovovich: “Bu hisobdagi mag‘lubiyat biz uchun qattiq zarba bo‘ldi”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Al Faysali” (5:1) uchrashuvi yakunlangach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmon jamoa ustozi Neboysa Yovovich ishtirok etdi.

-Avvalom bor, bunaqa hisob bilan yakunlangan o‘yin haqida gapirish og‘ir. Bu hisobdagi mag‘lubiyat bizga qattiq zarba bo‘ldi. “Nasaf” bunday g‘alabaga haqli ravishda o‘yin namoyish etdi. “Nasaf”ni bu g‘alaba bilan tabriklayman.

Bugungi mag‘lubiyatimizga ob-havoni bahona qilish noo‘rin, chunki raqibimiz “Nasaf” ham biz bilan bir xil sharoitda to‘p tepdi. Endi darvozamizga kiritilgan gollarga to‘xtalsam, birinchi gol vaqtida kiritildi, bu raqibimiz foydasiga ishladi. Ikkinchi gol ham standartdan kiritildi, uchinchi gol fantastik darajada bo‘ldi. Qolgan gollarni o‘zlaringiz ko‘rdingiz. Har bir urilgan gol ajoyib bo‘ldi. Biz bunaqa yirik hisobda mag‘lub bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatmadik, afsuski bu o‘yinimiz, hisobni bizning foydamizga o‘zgartira olmadi. Ammo yana bir marta ta’kidlayman, “Nasaf” haqli ravishda guruh bosqichi masalasini hal qildi.

Men bir-ikki o‘yinchini alohida ko‘rsatmagan bo‘lardim. Butun jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Bugun “Nasaf”ga Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilari ham yaqindan yordam berishdi. Bungacha Dragan Cheranning o‘yinidan ham xabardor edim.

“Nasaf” haqida avvaldan iliq fikrlar eshitganman. Bugun bunga o‘zim ham guvoh bo‘ldim. “Nasaf” klubiga rahbariyatiga, bizga nisbatan ko‘rsatgan hurmat va ehtiromi uchun kattadan-katta rahmatlar aytaman.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:09, 30.01.2018.
O'qildi: 2752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик